“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 20:54
ЎЗO‘Z

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 46 foizi tuzaldi

28 fev, 18:50 3 448 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 46 foizi tuzaldi Foto: The World News
Xitoyda koronavirusning yangi turini yuqtirganlarning qariyb 46 foizi tuzaldi va kasalxonadan chiqarildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 78 824 kishiga yetdi. Ularning 36 117 nafari davolanib, kasalxonadan ruxsat berildi. Ular kasallanganlar umumiy sonining 45,8 foizini tashkil etadi. Ayni paytda yana 39 919 kishi kasalxonada qolmoqda.

Epidemiya boshlanganidan beri Xubey provinsiyasini hisobga olmaganda butun Xitoy bo‘ylab 12 910 ta kasallanish holati qayd etilgan, ulardan 106 tasi og‘ir ahvolda bo‘lgan. O‘lim darajasi 0,8 foizni tashkil etgan.

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lmish Xubey provinsiyasining o‘zida esa 65 914 ta kasallanish holati qayd etilgan, ulardan 2682 nafari vafot etgan. O‘lim ko‘rsatkichi 4 foizni tashkil etgan.

Umumiy hisobda koronavirus 2 788 kishining umriga zomin bo‘ldi. Hozirda u Yevropa bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. Ular orasida Italiya koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekmoqda, bu mamlakatda virus yuqtirganlar soni 500 kishidan oshdi. Shuningdek, mamlakatda 14 ta o‘lim holati qayd etilgan. Fransiyada koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 38 ta holat qayd etilgan, ularning ikkitasi o‘lim bilan tugagan. Keksa erkak 26 fevral kuni Parijdagi Salpetriere kasalxonasida vafot etdi, undan oldin 80 yoshli Xitoy fuqarosi vafot etgan.

Koronavirus bo‘yicha dastlabki holatlar Avstriyada ham qayd etilgan. Mahalliy rasmiylar ma’lumotlariga ko‘ra, Insbrukda yashaydigan ikki nafar Italiya fuqarosi kasallangan.

JSST rahbari barcha davlatlarni koronavirusning muqarrarligi haqida o‘ylashga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rayotgan boy davlatlar ham infeksiyaning tarqalishini oldini olish uchun kutilmagan holatlarga tayyor turishi kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 0
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 251
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 39
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 251
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 34
  • Bo‘limlar