“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 09:15
ЎЗO‘Z

Chorminor poydevorida qanday yozuv tushirilgan?

26 fev, 14:12 4 479 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chorminor poydevorida qanday yozuv tushirilgan? Avvalo, Buxoro shahridagi Chorminor me’moriy yodgorligi haqida. Bu madrasa 1807 yilda xalifa Niyozqul tomonidan qurdirilgan. O‘z davrida kutubxonasi bilan mashhur bo‘lgan. O‘ziga xos me’moriy uslubda barpo etilgan to‘rtta minorasi bor.Kutubxonaga ham minora orqali chiqilgan.

Yurtimizga kelgan har bir xorijiy sayyoh Chorminorni tomosha qilmasdan ketmaydi. Balki bunga uning muqaddas kitoblar jamlangan go‘sha bo‘lgani sababdir. Xususan, tosh bitiklardagi yozuvlar kishini befarq qoldirmaydi. Buni qarangki, Chorminorning poydevorida ham yozuv tushirilgan.

- Ma’lumki, Islom Hamkorlik Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti — ISESCO tomonidan Buxoro shahri 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan, — deydi buxorolik olim, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, manbashunos Komiljon Rahimov. - Bu ko‘hna shahar qadimiy yodgorliklaridagi bitiklarni o‘rganish, tadqiq qilish, mazmun – mohiyatini xalqimizga yetkazish borasidagi ishlar qamrovini yanada kengaytirmoqda.

Chorminor me’moriy majmuasining poydevoridagi xarsang toshga kelsak, unda Mavlono Abdurahmon Jomiy (1414–1492) qalamiga mansub “Haft avrang” (“Yetti taxt”) tarkibiga kirgan “Tuhfat ul-ahror” dostonidan iqtibos mahorat bilan bitilgan. Mazkur dostonning “Tariqat qutbi, xaloyiq madadkori Xoja Bahouddin Naqshband Buxoriy (Alloh uning sirini muqaddas qilsin)” nomli bobdan keltirilgan iqtibos nasta’liq xatida toshga o‘yib yozilgan:

Sikka, ki dar Yasribu Batho zadand,
Navbati oxir ba Buxoro zadand.
Az xati on sikka nashud bahramand,
Ҷuz dili benaqshi shahi Naqshband.
V-on guhari pok na har ҷo buvad,
Ma’dani on xoki Buxoro buvad.


Mazmuni esa quyidagicha: Alloh taolo avval Yasrib bilan Batho (Makka va Madina)ga, oxirida Buxoroga shariflik muhrini bosdi. Ushbu sharafdan bahramand bo‘lmoq hammaga ham nasib etmadi, bunga faqat Shoh Naqshband sazovor bo‘ldi. Bu pokiza gavhar har yerda uchramaydi. Uning koni Buxoro tuprog‘idadir.

Maqolamiz so‘ngida bir taklifni o‘rtaga tashlamoqchimiz. Shu kabi yozuvlar mazmun – mohiyati haqida uch – to‘rt tilda ixcham ma’lumotlar tayyorlanib, ular tegishli yodgorliklar yoniga qo‘yib qo‘yilsa ziyon qilmasdi. Bu sayyohlar qiziqishiga qiziqish qo‘shar, xususan, yoshlarimizning bilimini mustahkamlab, ularning boy milliy madaniy merosimizga mehru muhabbatini yanada oshirgan bo‘lar edi.

Istam IBROHIMOV




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 133
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 181
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 0
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 0
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 0
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 0
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 0
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 0
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 0
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 226
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 31
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • Bo‘limlar