“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 05:25
ЎЗO‘Z

Eronda koronavirusga uchragan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari himoya vositasisiz matbuot anjumanida qatnashgan (video)

26 fev, 09:53 3 404 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eronda koronavirusga uchragan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari himoya vositasisiz matbuot anjumanida qatnashgan (video) Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iraj Xarirchida koronavirus kasalligi aniqlangan. E’tiborli tomoni, mutasaddi kasallik aniqlanishidan avval kasal holatida, isitma bilan ochiq matbuot anjumanida ishtirok etgan.

Anjuman davomida na u va na boshqa ishtirokchilarda himoya vositasi bo‘lgan. Tadbirdan so‘ng oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Iraj Xarirchida koronavirus borligi aniqlangan. Hozircha matbuot anjumanida ishtirok etganlar karantinga olingani haqida xabar berilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Iraj Xarirchi o‘zini u qadar yomon his qilmayapti, uni faqat isitma bezovta qilmoqda. Matbuot anjumani davomida ham u tez-tez peshonasidagi terni artayotganini ko‘rish mumkin.

Eron sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahonpurning ma’lum qilishicha, mamlakatda 95 kishi koronavirus bilan kasallangan bo‘lib, 16 kishi vafot etgan. Bu esa Xitoydan keyingi eng yirik yo‘qotishdir.
Eronda bir qator konsert va futbol uchrashuvlari qoldirilgan. Mamlakatning katta qismida maktab va universitetlar yopilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Slovakiya bosh vaziri Peter Pellegrinida ham koronavirus aniqlangani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ammo bu xabarlar rasman inkor etildi.

Kecha Yevropaning yana ikki davlati — Avstriya va Xorvatiyada koronavirusga uchragan ilk fuqarolar aniqlangan. Dunyo bo‘yicha 80.3 ming kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, 2,7 ming bemor kasallikdan vafot etgan. 27.7 ming kishi esa tuzalib ketgani aytilmoqda.
koronavirus, Eron




Mavzuga oid yangiliklar
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 115
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 251
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 428
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar