“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 00:01
ЎЗO‘Z

Bocconi va Garvard bitiruvchisi — Moliya vazirining yangi birinchi o‘rinbosari haqida nimalar ma’lum?

26 fev, 06:00 3 165 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bocconi va Garvard bitiruvchisi — Moliya vazirining yangi birinchi o‘rinbosari haqida nimalar ma’lum? Bocconi va Garvard universitetlarining menejment va biznes maktablari bitiruvchisi Omonullo Nasriddinxo‘jayev Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Bu haqda hukumatdagi manbalariga tayanib gazeta.uz xabar bermoqda.

U bungacha Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan.

Omonullo Nasriddinxo‘jayev (1971 yilda tug‘ilgan) 1994 yilda Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zMU)ni tamomlagan, 2002 yilda Italiyadagi SDA Bocconi universitetining menejment maktabi aspiranturasida tahsil olgan. 2016 yilda Garvard biznes maktabi AMP (Advanced Management Program) dasturida o‘qigan.

Bir necha yillar davomida Jahon bankining Markaziy Osiyo vakolatxonasida (1994-1995), xalqaro bo‘lim tahlilchisi, Shveysariyaning Credit Suisse guruhining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari (1998-2000) lavozimlarida faoliyat yuritgan. U BMT Taraqqiyot Dasturi doirasida amalga oshirilgan O‘zbekistonda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirgan (2004–2005).

Bundan tashqari Omonullo Nasriddinxo‘jayev Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)ning Markaziy Osiyoda ipoteka kreditlash bo‘yicha moliyaviy maslahatchisi (2005-2006) va loyiha menejeri o‘rinbosari (2007) lavozimlarida ham ishlagan.

2007-2010 yillarda Janubiy Ural koniga ishlov berish kompaniyasida (USM Holdings tarkibiga kiradi) moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor
2010-2011 yillarda u "Metalloinvest" xolding kompaniyasida (USM Holdings tarkibida) iqtisod bo‘yicha direktor
2011-2016 yillarda Baykal konchilik shirkati (USM Holdings tarkibida) strategiya va investitsiya bo‘yicha direktor
2016 yilda BKSH bosh direktorining iqtisodiyot va moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 89
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 163
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 462
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 63
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 65
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 329
  • So'nggi yangiliklar
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 22
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 58
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 89
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 38
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 148
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 163
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 225
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 141
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 81
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 42
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 458
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 288
  • Bo‘limlar