“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:08
ЎЗO‘Z

Sessiyada sud raisining axboroti tinglandi

25 fev, 10:10 2 405 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sessiyada sud raisining axboroti tinglandi Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning muhim yo‘nalishi sifatida sud-huquq sohasidagi islohotlar bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan beshta ustuvor yo‘nalishning ikkinchi yo‘nalishida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Respublikamizda sud hokimiyatining mustaqilligini, fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘nalishida sudlar tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, sudlarning moddiy texnik ta’minotini yaxshilashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

2017 yilning 13 iyun kuni Toshkent shahrida sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektr yig‘ilishi bo‘lib, mazkur videoselektorda muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti” mavzusida ma’ruza qilib, o‘z ma’ruzasida sudlar faoliyatiga tanqidiy baho berib, o‘z yechimini topmagan kamchilik va muammolarni atroflicha chuqur tahlil qilib, muhim amaliy xulosa va ko‘rsatmalar berdi. Jumladan, sudyalarning o‘zi faoliyat yuritayotgan hududidagi davlat vakillik hokimiyati organlari, ya’ni tegishli Xalq deputatlari Kengashlarida axborot berish tizimini joriy qilish zaruratini asoslab berdi.

O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasida, sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risida tuman sudi raisi, tegishli xalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etishi belgilab qo‘yilgan.

Qonunda belgilangan talabni bajarish maqsadida, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi A.Ibodov tomonidan, xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining navbatdagi ikkinchi sessiyasida, sudning 2019 yilgi faoliyati yuzasidan axborot taqdim etildi.

Sud raisi A.Ibodovning axborotida ma’lum qilinishicha, 2019 yilda Navbahor tumanidagi “Beshrabot”, “Yangihayot” va “Sarbozor” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida jinoyatchilik oshgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi raisining axboroti tinglanib, sessiya yakunida xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 45
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 0
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 1
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Bo‘limlar