“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 02:59
ЎЗO‘Z

"Humo" sardori muxlislarga murojaat qildi

25 fev, 09:01 2 499 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Humo" sardori muxlislarga murojaat qildi "Humo" tashkil etilganining ilk yilidayoq Oliy Xokkey ligasi - Buyuk ipak yo‘li kubogi pley-off bosqichiga chiqdi va hozir jamoani eng muhim uchrashuvlar kutib turibdi. "Qanotlilar" sardori Aleksandr Sherbina shu bois jamoa muxlislariga murojaat qildi.

O‘tgan hafta toshkentliklar Petrov kubogi 1/8 final bosqichi doirasida Neftekamskning "Toros" jamoasiga qarshi bahs olib borishi bo‘ldi. Safarda o‘tgan ikki bellashuvda Yevgeniy Popixin shogirdlari mag‘lub bo‘lishdi - 0:3 va 2:3 OT.

Oldinda esa Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Toros"ga qarshi yana ikki o‘yin kutib turibdi. "Humo" sardori esa muhim uchrashuvlar oldidan muxlislarni "Humo-Arena"ga chorladi.

Hurmatli muxlislar!

Sizlar butun mavsumda jamoani ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatladingiz va bu bizga g‘alaba qozonishimizda yordam berdi. Sizlar bizning maydondagi oltinchi o‘yinchimizsizlar, bizni hujumga undab, qiyin vaziyatlarda qo‘llab-quvvatladingiz.

Mavsumning eng muhim uchrashuvlari oldinda. "Toros" jamoasi ko‘p marotaba VXLda chempion bo‘lgan, ammo biz butun Toshkent, butun O‘zbekiston ortimizda turganligini his etib turibmiz.

"Humo" faqat g‘alaba uchun o‘ynaydi va bizni faol qo‘llab-quvvatlashingizga aminmiz. Sizni 26 va 27 fevral kunlari "Humo-Arena"da kutamiz. Birgalikda g‘alaba qozonamiz!

Aleksandr Sherbina ("Humo" xokkey klubi sardori)




Mavzuga oid yangiliklar
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 96
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 146
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 235
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 480
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar