“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 19:09
ЎЗO‘Z

Xitoydan tashqarida ham koronavirus tarqalish xavfi dunyoni ostin-ustun qilmoqda

24 fev, 21:52 3 642 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoydan tashqarida ham koronavirus tarqalish xavfi dunyoni ostin-ustun qilmoqda Osiyo va Yevropa bozorlari dushanba kuni faoliyat ko‘rsata boshlaganidan beri pastladi, neft narxi esa koronavirusning Xitoydan tashqarida shiddat bilan tarqalishi (Eron, Koreya, Italiya) tufayli barreliga 2 dollarga arzonladi.

Koreya hamda Italiya jahonning yirik iqtisodiyotiga ega davlatlar hisoblanadi, Eron esa yirik neft eksportyorlaridan biri. Investorlar AQSH bozorlari ochilishini kutishmoqda. Fyuchers bitimlarida S&P 500 va Dow Jones indekslari 2-3 %ga arzonladi.

O‘zi nimalar bo‘ldi
O‘tgan dam olish kuni koronavirusning yangi to‘lqini boshlandi: ikki kun ichida Xitoydan tashqaridagi koronavirus bilan bog‘liq holat ikki baravar ko‘paydi — 1200 dan 2619 kishiga.

Janubiy Koreya: dindorlar virus tashimoqda
Dunyodagi eng tez koronavirus tarqalayotgan joy Koreya Respublikasi hisoblanadi. Mamlakatda 833 ta holat aniqlangan, 7 nafari o‘lim bilan yakunlangan. Eng ko‘p holat mamlakat janubi-sharqidagi Tegu shahrida aniqlangan — u yerda faoliyat yuritgan “Iisus Sinchxondji cherkovi” diniy sektasi Koreyadagi koronavirusning o‘chog‘i sanaladi. Sektaning 9000 a’zosidan yarmi karantinga olingan.

Sekta rahbari Li Man-xi o‘lmaslikka da’vo qilib, izdoshlariga ham abadiy hayot va’da qilgan. Sekta a’zolaridan birida virus topilsa ham u shifoxonaga murojaat qilishdan bosh tortgan. So‘ngra virus a’zolar orasida shiddat bilan tarqalgan.

Italiya: mamlakat shimoli falaj bo‘ldi
Yevropadagi koronavirus epidemiyasi markazi Italiya bo‘lib turibdi. La Republicca italyan nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 211 holat qayd etilgan — ularning aksariyati shimoldagi markazi Milan bo‘lgan Lombardiya viloyati (165), Veneto viloyati (27)da aniqlangan. 4 kishi vafot etgan.

50 ming kishilik Milanga yondosh Lodi viloyatida karantin e’lon qilingan, Venetsiyadagi har yilgi karnaval qoldirildi.

Barchasi 18 fevraldan boshlandi. O‘shanda Lombardiyadagi kasalxonaga keltirilgan 38 yoshli erkakda koronavirus aniqlangan. Shifoxonadagi o‘nlab bemorlar va shifokorlar virusni yuqtirib oldi.

Mavjud vaziyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan amaldagi hukumatga muxolif huquq faollari Matteo Salvini boshchiligida bosh vazirni Afrika shimolidan kelayotgan muhojirlarga nisbatan yuritilayotgan yumshoq siyosatini tanqid qildi.

Italiya yanvar oyining oxirida Xitoyga bo‘lgan barcha parvozlarni taqiqlab qo‘ygan edi. Biroq xitoylik sayyohlar mamlakatga uchinchi mamlakatlar orqali kelishda davom etishayotgan edi.

Eron: eng yopiq epidemiya
Aholisi 80 milliondan ortiq bo‘lgan, Islom dinining shia masxabi markazi hisoblangan Eron Yaqin Sharq hamda Markaziy Osiyodagi epidemiya markaziga aylandi. Hukumatga yaqin bo‘lgan qariyb rasmiy Ilna axborot agentligi xabariga ko‘ra, Eron koronavirusining o‘chog‘i shialarning Qum shahrida (aholisi 1 mlndan ortiq) 50 dan ziyod odam koronavirusdan xalok bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 66 kishi virusni yuqtirib olgan, 12 kishi vafot etdi. Eron tufayli koronavirus Afg‘oniston, Iroq, Bahrayn, Quvaytga qadar yetib bordi.

Bozorlarning reaksiyasi
Dushanba kuni birinchi bo‘lib ochilgan Osiyo bozorlari — Kospi koreys indeksi 3.9 %, Shanghai Composite indeksi 0.28 % pasayish bilan haftani boshladi.

Yevropa Ittifoqining Stoxx Europe 600 indeksi 3.7 %, Britaniyaning FTSE 100 indeksi 3.3 %ga pasaydi. Yevropaliklar uchun bu 2016 yildan beri birinchi keskin tushish bo‘ldi.

Nyu-York fond birjasida savdolar 23:30 da (Toshkent vaqti) boshlanadi. Biroq Amerika indekslari ham tushishi kutilmoqda.
Dushanba kuni neft narxi 4 %ga arzonladi. Hozirda Brent bahosidagi neftning barreli $56,12 dan taklif qilinmoqda.
Xitoy, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijara haqi 1 million dollarlik villa: Telegram asoschisi Pavel Durov qayerda yashaydi? 20 apr, 19:09 0
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 82
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 124
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 56
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 0
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 1
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 0
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 14
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 81
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 30
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 59
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 90
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 123
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 58
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • Bo‘limlar