“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 05:03
ЎЗO‘Z

Misr kompaniyasi O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirishda ko‘maklashadi

23 fev, 19:55 2 427 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Misr kompaniyasi O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirishda ko‘maklashadi Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov Toshkentda Misrning Elsewedy Electric kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Ahmad al-Suveydi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirishda misrlik mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning xalqaro tajribasidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Energetika vaziri Misr kompaniyasi rahbarini yangi generatsiya quvvatlari qurilishi bo‘yicha tayyorgarlik bosqichidagi loyihalar bilan tanishtirdi. Ular Sirdaryo viloyatida 1 000 megavattlik quyosh elektr stansiyasi va 1 300 megavattlik issiqlik elektr stansiyasidan iborat.

Qayd etilganidek, O‘zbekistonda Xalqaro moliyaviy korporatsiya (Jahon banki) va Osiyo taraqqiyot banki bilan birga 2025 yilgacha 2 gigavatt quvvatli quyosh elektrostansiyalarni qurish uchun salohiyatli investorlarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, XMK bilan birga «1200—1400 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyalari qurilishi» loyihasi doirasida tender savdolari e’lon qilingan. G‘oliblarni shu yil noyabr—dekabr oylarida aniqlash rejalashtirilgan. Loyihaning taxminiy qiymati 1,0 – 1,3 milliard dollarga teng.

Investitsiyaviy hamkorlikdan tashqari, Energetika vazirligi Elsewedy Electric kompaniyasi bilan elektr energetika tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash respublika yagona markazini yaratish, ilg‘or texnologiyalar asosida ko‘mir qazib olishni rivojlantirish, shuningdek, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlashga sarmoya kiritish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, 1938 yilda tashkil topgan Misr kompaniyasining dunyodagi 15 mamlakatda 30 ta ishlab chiqarish quvvati mavjud, u yerda 15 mingdan ortiq xodim mehnat qiladi. Elsewedy Electric qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish uchun kabellar, transformatorlar, elektrotexnika buyumlari, elektr uzatish tarmoqlarini qurish va jihozlash, tarqatish tizimlari, gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan biri ekanligini aytib o‘tgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 53
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 148
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 40
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 230
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 93
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 36
  • So'nggi yangiliklar
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 1
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 101
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 186
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 301
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 26
  • Bo‘limlar