“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:29
ЎЗO‘Z

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2236 kishiga yetdi

21 fev, 17:50 4 506 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2236 kishiga yetdi Foto: AP Photo
Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida 899 kishi koronavirus bilan kasallandi, vafot etganlar soni esa 118 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 75 465 kishiga yetgan, vafot etganlar soni esa 2236 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, yana 28 804 kishi koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida esa bir sutka davomida 631 kishi koronavirus bilan kasallangani aniqlangan, vafot etganlarning 115 nafari ham ushbu provinsiya hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 19 fevral kuni Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 23 yanvardan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd etgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada ham COVID-19 koronavirusiga chalingan bemor vafot etgan. 19 fevralda Eron hukumati vakillari mamlakatda ikki nafar odamning koronavirus oqibatida vafot etganini tasdiqlagan. Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilingan. Ularning ikkovi ham yaponiyalik 87 yoshli erkak va 84 yoshli ayol. Avval Fransiyada xitoylik 80 yoshli sayyoh olamdan o‘tgan, Yaponiyada 80 yoshli ayol koronavirus qurboniga aylangan, Tayvanda esa koronavirus 60 yoshli erkakni hayotdan olib ketgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar