“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 12:45
ЎЗO‘Z

O‘zLiDeP rahbari Alisher Qodirovning shov-shuvli postiga munosabat bildirdi

21 fev, 08:59 4 645 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zLiDeP rahbari Alisher Qodirovning shov-shuvli postiga munosabat bildirdi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi raisi Aktam Hayitov shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan Milliy tiklanish partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning fikriga munosabat bildirdi. Bu haqda nasafnews nashri xabar bermoqda.

“Surxondaryo voqealari juda dolzarb tus oldi, avvalo bu yerda fuqarolarni ham ayblab bo‘lmaydi. Bizda tizimda kamchiliklar bor. Alisher Qodirovning deputat sifatida xalqni oldida mas’ulligi bor. Biz qonunda yozilgan normani oyog‘osti qilishga haqqimiz yo‘q.

Fuqaro sifatida har kimning o‘z shaxsiy fikri bor. Alisher Qodirov ham fuqaro sifatida o‘zini fikrini aytgan bo‘lishi mumkin. Deputat sifatida esa bunday fikr bildirish noto‘g‘ri.

Chunki unga bitta odam ovoz berganmi yoki ikkita ularni hurmat qilishi kerak.

Surxondaryoliklar Alisher Qodirovni saylamagan bo‘lsa, uning partiyasidan kimnidir saylagan bo‘lishi mumkin. Yana bir narsa aniqki, har bir saylovchi deputatdan har bir savoliga javob olishga haqli. Unga meni siz saylamagansiz deyish to‘g‘ri deb o‘ylamayman”, — dedi partiya yetakchisi.

Ma’lumot uchun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari — parlamentdagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Xalqobod” mahallasida 14 fevral, juma kuni, aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida yuz bergan ziddiyatli holatga munosabat bildirgan edi.

Uning shu mazmundagi posti Facebookda muhokamalarga sabab bo‘lgani, xususan, foydalanuvchilardan birining: “Sizdan nima kutish mumkin? Xalqni ayblash oson. Haqiqiy deputatlar saylanmaguncha, shu ahvol”, degan kommentiga javoban: “Men sizni umidvor qilmaganman, mendan hech narsa kutmang. Siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz… saylamasangiz ham mayli”, mazmunida qoldirgan javobi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 1
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 39
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 314
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 429
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 101
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 248
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 38
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 255
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 129
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 88
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 123
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 52
  • Bo‘limlar