“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 11:39
ЎЗO‘Z

Erdo‘g‘an: «O‘zbekistonga qo‘limizdan kelgan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyormiz»

20 fev, 00:19 3 741 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erdo‘g‘an: «O‘zbekistonga qo‘limizdan kelgan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyormiz» Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
Oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashining ilk yig‘ilishi yakunida davlat rahbarlari qo‘shma bayonotni imzoladi.
Muzokaralardan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida brifing tashkil etildi.

«Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashimizning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish bilan biz tarixiy qadam tashladik, desak mubolag‘a bo‘lmaydi», – dedi Turkiya prezidenti.

Erdo‘g‘an 20 fevral kuni ochiladigan Xalq kutubxonasining tantanali ochilish marosimida faxriy mehmon sifatida qatnashish yuzasidan yo‘llagan taklifini qabul qilgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

U, shuningdek, O‘zbekistonda o‘tgan parlament saylovlari mamlakat uchun muborak bo‘lishi va yaxshilikka xizmat qilishini tiladi.
«O‘zbekiston bilan munosabatlarimizni mushtarak tarix, til va madaniyat asosida kuchli qardoshlik rishtalariga tayangan holda strategik sheriklik deb ataymiz», dedi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Turkiya yetakchisi O‘zbekiston xalq shoiri, marhum Abdulla Oripovning «Tilimiz bir, dinimiz bir, iymonimiz bir» so‘zlarini eslab, Turkiya va O‘zbekiston qardoshligi uzoq o‘tmishga borib taqalishini ta’kidladi.

«O‘tgan yili Bokuda Turkiy tilli davlatlar kengashining 7-sammitida birgalikda qatnashdik. O‘zbekistonning ham bu kengashga kirgani uning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qo‘shdi», dedi u.

Erdo‘g‘an O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qilinayotgan yangilanishlarni e’tirof etdi.
«Bu keng qamrovli islohotlar jarayonida qardoshimiz O‘zbekistonning muvaffaqiyatga erishishi uchun qo‘limizdan kelgan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanimizni izhor etaman», deb ta’kidladi Turkiya prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 2018 yilga nisbatan 27 foizga oshgan.

«Ikki davlat o‘rtasidagi savdoda ilk marotaba ham import, ham eksport ko‘rsatkichlarida 1 milliard dollardan ortish bor», deb ma’lum qildi turklar yetakchisi.
«Biznes olami vakillarimizni O‘zbekistonga investitsiya kiritishga doim da’vat etib turibmiz», deya qo‘shimcha qildi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 228
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 52
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 146
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 0
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 0
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 0
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 93
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 72
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 75
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 69
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 67
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 99
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 44
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 148
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 276
  • Bo‘limlar