“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 17:57
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik kengashi Anqarada yig‘ildi (foto)

19 fev, 23:30 3 307 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik kengashi Anqarada yig‘ildi (foto) 19 fevral kuni Anqarada oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an O‘zbekiston rahbarini tashrifi bilan qutlab, ikki mamlakat parlamentlari, davlat idoralari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi.

Erdo‘g‘an, shuningdek, O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev delegatsiyaga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik va cheksiz hurmat uchun Turkiya rahbari va xalqiga tashakkur izhor etdi.

«Bu uchrashuv – strategik sherikligimiz yuksak bosqichga ko‘tarilganining yaqqol ifodasidir. Mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda besh milliard dollarga yetkazishga qaratilgan ustuvor vazifalarni bajarishda ham ushbu kengash, albatta, muhim zamin bo‘ladi.

Biz bugungi yig‘ilish natijalarini mustahkamlab, kelgusi yili bo‘lib o‘tadigan uchrashuvning kun tartibi va hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlari haqida hozirdan o‘ylashimiz maqsadga muvofiqdir
», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ikki davlat rahbarlarining qo‘llab-quvvatlashi va yaratilayotgan sharoitlar natijasida hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish mumkinligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston va Turkiya savdo vazirlari so‘zga chiqib, ikki tomonlama hamkorlik rivoji to‘g‘risida batafsil axborot berdi.

Muzokaralarda mamlakatlarimiz hamkorligiga oid barcha masalalar va ularning yechimlari, istiqboldagi asosiy vazifalar hamda qo‘shma loyihalar kelishib olindi.
Shavkat Mirziyoyev Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni O‘zbekistonga taklif qildi.

Kengashning birinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot va ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Shuningdek, uchrashuvlar yakuni bo‘yicha jurnalistlar uchun brifing o‘tkazildi.

Strategik hamkorlik kengashi
Ma’lumot uchun, oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashi – ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi muloqot formatidir. U 2018 yili davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotiga muvofiq tuzilgan.

Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida olib boradi. Siyosat, xavfsizlik va mudofaa, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, turizm, energetika, transport va tranzit, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, madaniyat, ta’lim, fan va texnika, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash va boshqa o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasi hamraislari erishilgan natijalar to‘g‘risida mazkur kengashga doimiy axborot kiritib boradi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va Turkiya tashqi ishlar vazirligi kengashning muvofiqlashtiruvchi organlari hisoblanadi.

Tovar ayirboshlash hajmi 3 yilda 2 barobardan ko‘proqqa ortdi
O‘zbekiston bilan Turkiya hamkorligi, ayniqsa, oxirgi uch yilda ancha jonlandi. Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil oktabrda Turkiyaga hamda Rejab Toyyib Erdo‘g‘anning 2018 yil aprelda O‘zbekistonga davlat tashriflari o‘zaro siyosiy ishonchni mustahkamlab, samarali hamkorlikka yo‘l ochdi.

2016 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi salkam 1,2 milliard AQSH dollari bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 2,5 milliard dollardan oshdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Turkiya investitsiyasi ishtirokida 1300dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. 500 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilyapti.

Transport sohasidagi aloqalar ham rivojlandi. 2019 yilda bu boradagi ko‘rsatkichlar avtomobilda 33 foiz, temir yo‘lda 17 foiz, havo yo‘llarida 42 foiz o‘sgan.
Shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekistonga 64 ming turkiyalik sayyoh tashrif buyurgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 227
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 57
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 235
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 76
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 0
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 0
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 0
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 96
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Bo‘limlar