“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 17:42
ЎЗO‘Z

Turkiya orqali Yevropaga multimodal xalqaro tashuvlarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi

19 fev, 21:45 2 776 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiya orqali Yevropaga multimodal xalqaro tashuvlarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi Turkiya Respublikasi prezidenti saroyida O‘zbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

O‘zaro manfaatli imkoniyatlarni ishga solish, yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Transport sohasidagi aloqalarni kengaytirish, Turkiya orqali Yevropaga multimodal xalqaro tashuvlarni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.

Intensiv bog‘dorchilik, baliqchilik, chorvachilik, naslchilik yo‘nalishlarida Turkiyaning ilg‘or tajribasini o‘zlashtirish, universitetlar va ilmiy markazlar bilan qo‘shma tadqiqotlar olib borish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekistonda zamonaviy qo‘shma klinikalar va diagnostika markazlari tashkil etish, kichik biznes, to‘qimachilik kabi yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish taklifi ko‘rib chiqildi.

«Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy muloqot va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga intilish qat’iy ekani yana bir bor tasdiqlandi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 232
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 150
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 0
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 1
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 0
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 20
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 63
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 110
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 169
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 66
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 61
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 202
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 186
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 68
  • Bo‘limlar