“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 16:14
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi 2 telekanal “YEVRO-2020“ musobaqasining eksklyuziv translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi

19 fev, 20:48 3 460 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi 2 telekanal “YEVRO-2020“ musobaqasining eksklyuziv translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi Joriy yilning 12 iyunidan 12 iyuliga qadar futbol bo‘yicha 16-Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning 60 yillik tarixida birinchi marta chempionat bitta mamlakat hududida emas, balki butun Yevropa bo‘ylab 12 ta shahardagi 12 ta stadionda o‘tkaziladi.

UZREPORT Axborot Agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV) millionlab futbol muxlislarining qiziqishidan kelib chiqqan holda, YEVRO-2020 musobaqasini O‘zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, YEVRO-2020 musobaqasida 24ta terma jamoa bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. O‘yinlar Ozarbayjon Angliya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Ruminiya va Shotlandiya mamlakatlaridagi stadionlarda o‘tkaziladi.

O‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:00, 21:00 va 00:00 da boshlanadi.

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanali muxlislari YEVRO-2020 musobaqasidan o‘rin olgan barcha 51ta uchrashuvni jonli efirda, parallel ravishda ikki tilda — o‘zbek va rus tillaridagi sharhda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

YEVRO-2020 o‘yinlarini FUTBOL TV sharhlovchilari bilan bir qatorda taniqli rossiyalik sharhlovchilar – Denis Kazanskiy, Aleksandr Yelagin va Dmitriy Mostovoylar sharhlab borishadi.

O‘yinlardan tashqari telekanallarimiz orqali YEVRO-2020 kundaligi — “Highlights”lar ham efirga uzatib boriladi. Bu dastur orqali muxlislar YEVRO-2020dan o‘rin olgan o‘yinlarning eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilishlari, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, shuningdek, rekordlar va boshqa muhim faktlar bilan tanishib borishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Yevropa chempionatining markaziy o‘yinlari oldidan va uchrashuvlardan so‘ng tashkil etiladigan “Futbol studiya” dasturida sharhlovchilar va mutaxassislar tomonidan qiziqarli tahlillar jonli efirda namoyish qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 168
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 71
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 138
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • Bo‘limlar