“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:38
ЎЗO‘Z

Davlat amaldorlariga xususiy OAV ta’sis etish taqiqlanishi mumkin

19 fev, 19:33 2 544 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlat amaldorlariga xususiy OAV ta’sis etish taqiqlanishi mumkin O‘zbekiston hukumati a’zolari / Foto: Kun.uz
OAV to‘g‘risidagi qonun yangilanadi. Unga asosan, OAVga davlat mansabdorlari ustidan parlamentga murojaat qilish huquqi berilishi ham mumkin.

Bugun, 19 fevral kuni «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.

Qonunning yangi tahririda quyidagicha yangiliklar bo‘lishi mumkin:
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbar xodimlariga xususiy OAV ta’sis etishni taqiqlash;
- OAV chiqish ma’lumotlariga uning ta’sischisi va homiylari to‘g‘risida ham ma’lumot joylashtirish, bu orqali OAV faoliyatiga amaldorlarning ta’siri bor-yo‘qligiga aniqlik kiritish;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining Konstitutsiya, qonunlar, parlament qarorlari va davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifa-funksiyalarni amalga oshirishi bo‘yicha OAVning parlamentga murojaat etish huquqini qonuniylashtirish,
- OAV erkinligini buzganlik uchun javobgarlik belgilash.

Shuningdek, amaldagi qonunning ayrim tushunchalariga aniqlik kiritish, eskirgan va ahamiyatini yo‘qotgan normalarni tahrirlash yoki qonundan butkul chiqarib tashlash taklif etilyapti.

Bundan tashqari, OAV vakillarining ochiq sud majlislarida ishtirok etish va sudlar faoliyati to‘g‘risida erkin axborot olish tartibini ishlab chiqish ham taklif etilyapti. Bu tartib Oliy sud Plenumi qarori bilan tasdiqlanishi mumkin.

Tadbirda Axborot va ommaviy kommanikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Tadbir tashkilotchilariga ko‘ra, bildirilgan fikrlar qonun loyihasini takomillashtirishda inobatga olinadi va loyiha kelgusida yana jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Foto: AOKA
Eslatib o‘tamiz, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan. Unga 2007 yil 16 yanvarida va 2002 yil 22 oktabrida o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. 2007 yil 15 yanvarda bu qonun yangi tahrirda tasdiqlangan.
Yangi tahrirdagi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi 2019 yil 16 oktabrda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar