“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 15:48
ЎЗO‘Z

Mahallalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

19 fev, 11:21 7 217 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mahallalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi «O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-4602-son, 18.02.2020 y.) qabul qilindi.

«Huquqiy axborot» kanali xabar berishicha, qarorga muvofiq, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari – vazirga hamda vazirlik hududiy bo‘linmalari boshliqlari birinchi o‘rinbosarlari – vazirlik hududiy bo‘linmalari boshliqlariga tenglashtiriladi.

Har bir mahallada tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslarni faol jalb qilish hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kompleksi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quriladi.

Fuqarolar yig‘inlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijtimoiy dasturlar, shu jumladan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi, «Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi», «Yoshlar – kelajagimiz» dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Qaror bilan, shuningdek, komplekslarni qurish uchun davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari belgilandi.
Komplekslarni qurish uchun yer uchastkalarini tanlab olish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

2020 yil 1 iyulga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar markazlarida «Mahalla markazi» majmualari binolarini qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash) ishlari yakunlanadi.

Qaror bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi, 99 shtat birligidan iborat markaziy apparatining tuzilmasi, shuningdek hududiy boshqarma va bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 0
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 9
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 13
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 0
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 0
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 9
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 13
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 129
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 22
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 18
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 130
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 74
  • Bo‘limlar