“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 07:22
ЎЗO‘Z

Fuqarolar yig‘ini raisiga qo‘shimcha huquqlar berildi

19 fev, 07:58 4 704 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fuqarolar yig‘ini raisiga qo‘shimcha huquqlar berildi O‘zbekiston prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuzilmasida:

a) quyidagi lavozimlar tugatildi:
fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga ko‘maklashish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha maslahatchi, fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi, fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi.

b) quyidagi lavozimlar kiritildi:
fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis, fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi.

v) quyidagi jamoatchilik tuzilmalari tugatildi:
yarashtirish komissiyasi, ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya, voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya, tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya, jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi.

g) quyidagi komissiyalar tashkil qilindi:
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya.

Hujjatda belgilanishicha:
- fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajarish profilaktika katta inspektori, ushbu lavozim mavjud bo‘lmagan taqdirda profilaktika inspektori zimmasiga yuklatiladi;

- har bir mahallada uning kriminogen vaziyati va aholi sonidan kelib chiqqan holda kamida bir nafardan profilaktika inspektori xizmatni olib boradi;

- fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga, har bir fuqarolar yig‘inida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;

- oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis lavozimi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga, oilalar soni 2 000 va undan ortiq bo‘lgan fuqarolar yig‘inida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;

- fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibi lavozimi o‘rniga, har bir fuqarolar yig‘inida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;

- fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha hamda keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi;

- fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis fuqarolar yig‘ini raisi taqdimiga asosan fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Fuqarolar yig‘ini raisiga quyidagi qo‘shimcha huquqlar berildi:
- tegishli hududdagi profilaktika inspektori faoliyatiga baho berish hamda uni rag‘batlantirish yoki unga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish;

- uy-joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishiga boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida taklif kiritish;

- ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq masalalarda uy-joy mulkdorlarining roziligi asosida ularning nomidan boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish.

Ichki ishlar vazirligining quyidagi lavozimlarni o‘zgartirish bo‘yicha taklifi ma’qullandi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari lavozimiga;

- tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari – huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi) boshliqlari, yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari tegishincha tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlariga.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 65
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 173
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 43
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 250
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 108
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 0
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 2
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 95
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 306
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 264
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 132
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 108
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 62
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 50
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 57
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 61
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 235
  • Bo‘limlar