“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2024, 03:53
ЎЗO‘Z

Koronavirus xalaqit qilolmaydi: Apple mart oyida yangi iPhone chiqaradi

18 fev, 13:27 3 476 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus xalaqit qilolmaydi: Apple mart oyida yangi iPhone chiqaradi Mavjud modellar yetkazib berilishi sezilarli darajada qisqaradi.
Germaniyaning iphone-ticker portali koronavirus tarqalishi sababli Apple kompaniyasining bahorgi taqdimotini kechiktirilishi mumkinligi haqidagi so‘nggi mish-mishlarni rad etdi. Nashrning ta’kidlashicha, yangi iPhone 9 modeli 31 martda taqdim etiladi, sotuvlar esa 3 aprelda boshlanadi — hammasi reja bo‘yicha.

Apple kompaniyasining o‘zi dushanba kuni butun dunyo bo‘ylab mavjud iPhone modellarini yetkazib berishda vaqtincha cheklovlar e’lon qildi. Chunki qurilmalarni yig‘adigan ba’zi kompaniyalar koronavirus sababli to‘liq quvvat bilan ishlamayapti.

Ehtimol, Apple yangi iPhone’ni o‘z vaqtida chiqarish uchun hozirgi smartfonlarni yetkazib berishni qisqartirishga qaror qilgan. Ushbu model, arzon yechim sifatida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlarida ko‘p xaridorga ega.

Tarmoqda tarqalgan suratlarda ko‘rinishicha, yangi mahsulot iPhone 8’ga o‘xshash bo‘ladi — yuqori va pastki qismida an’anaviy hoshiya, Touch ID barmoq izi skaneri va orqa tomonda bitta kameraga ega bo‘ladi. Displeyning diagonali odatiy 4,7 dyuymni tashkil qiladi. Smartfon 3 GB tezkor xotira bilan to‘ldirilgan A13 chipi asosida ishlashi kerak. iPhone 9’ning ushbu versiyasi taxminan 399 AQSH dollari narxida sotiladi.

Avvalroq koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashishi tufayli 24-27 fevral kunlarida Barselonada o‘tishi rejalashtirilgan mobil texnologiyalarining eng yirik ko‘rgazmasi MWC bekor qilingandi.

Xitoy hukumati yangi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligi tarqalishi tufayli mamlakatdagi ko‘plab korxonalar faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan. Xususan, Xitoyda ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun qismlar yetkazib berilishida uzilishlar kuzatilishi ma’lum qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 37
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 89
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 74
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 49
  • Samsung jahon smartfonlar bozori yetakchiligiga qaytdi 07 apr, 19:34 101
  • O‘zbekistonda Telegram monetizatsiyasi ishga tushirilishi qonuniyligi o‘rganilmoqda 07 apr, 00:02 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Iordaniyada Eron hujumi paytida urib tushirilgan raketalar internetda sotuvga qo‘yildi 17 apr, 00:39 26
  • Ispanlar Fayzullayevga e’tibor qaratdi... 17 apr, 00:30 58
  • Mashhur jarroh Timur Haydarov klinikasida tintuv o‘tkazildi, jinoyat ishi ochildi 17 apr, 00:23 52
  • SSKA Abbosbek Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Baltika”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 17 apr, 00:04 41
  • Nyu-Yorkda Donald Tramp ustidan jinoiy sud jarayoni boshlandi 16 apr, 23:59 13
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 31
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 80
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 86
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 62
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 43
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 127
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 237
  • Bo‘limlar