“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 13:38
ЎЗO‘Z

Qariyb ikki yillik ta’qib poyoniga yetdi. Tergovchi oqlandi

17 fev, 21:42 3 275 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qariyb ikki yillik ta’qib poyoniga yetdi. Tergovchi oqlandi Foto: Thinkstock
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi 2020 yil 14 yanvar kuni Toshkent shahar Chilonzor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi Murodbek Karimovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini bekor qildi.

Sud ajrimida quyidagilar bayon etiladi:
«...birinchi instansiya sudi ishni ko‘rishda qonun va Oliy sud Plenumi qarorlari talablariga rioya qilmagan.

...M.Karimovga nisbatan jinoyat ishi Toshkent shahar prokurori yoki unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi lozim edi. Lekin unga nisbatan jinoyat ishi 2018 yil 25 aprel kuni ... Chilonzor tumani prokurori tomonidan, ya’ni vakolatsiz shaxs tomonidan qo‘zg‘atilgan.

...Biroq, ish bo‘yicha barcha tergov harakatlari tergov guruhi a’zosi (sud materiallariga ko‘ra, Chilonzor prokuraturasida ish o‘rganuvchi – tahr.) hisoblangan J.Yaxshiboyev tomonidan olib borilgan, ayb e’lon qilingan, shuningdek, ayblov xulosasi ham u tomonidan tuzilib, JPK talablariga rioya qilinmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, sudlov hay’ati barcha dastlabki tergov harakatlari vakolatsiz shaxs tomonidan o‘tkazilganligini inobatga olib,
...jinoyat ishida mavjud bo‘lgan barcha dalillarni nomaqbul dalil deb topishni lozim topadi.

M.Karimovning jinoyat ishini tergov qilishga aralashish, ya’ni ishni har tomonlama to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazganligi o‘z tasdig‘ini topmadi.

Ayni vaqtda, M.Karimovni aybli deb topish uchun dastlabki tergov jarayonida to‘plangan dalillar yetarli emas va uning aybini tasdiqlovchi dalilni to‘plash imkoniyati ham mavjud emas.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’ati birinchi instansiya sudining hukmini qonuniy va asosli, deb bo‘lmaydi, deb hisoblab, uni bekor qilishni va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni lozim topdi.

«Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudining 2018 yil 2 oktabrdagi Karimov Murodbekni O‘zR JKning 140-moddasi 3-qismining «a» bandi, 236-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topish haqidagi hukmi bekor qilinsin.

Jinoiy hodisa yuz bermaganligi hamda M.Karimovning qilmishida jinoyat alomatlari bo‘lmaganligi sababli O‘zR JPKning 83-moddasi, 2-bandiga asosan reabilitatsiya qilinib, unga nisbatan jinoyat ishi tugatilsin», - deyiladi sud ajrimida.

M. Karimov 2018 yil aprel oyida tahririyatga murojaat qilib, unga va uning oila a’zolariga nisbatan prokuratura va prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan turli ta’qiblar bo‘layotgani haqida gapirgandi. Qonun talabiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari harakatdagi jinoyat ishiga oid materiallarni tergovchi va sudning roziligisiz yorita olmasligi vajidan M. Karimov oilasi boshiga tushgan ishlarni kuzatish bilan cheklangan edik.

Tahririyat, M. Karimovga nisbatan jinoyat ishi ochilishiga sabab bo‘lgan boshqa bir jinoiy ish, ya’ni M.Karimovning otasi va ukasiga nisbatan SVOJJDLQK Departamenti Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbir hamda tergov jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan noqonuniy xatti-harakatlar, M. Karimov bilan bog‘liq yuzaki o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi va jinoyat ishlarining boshqa tafsilotlariga doir jurnalistik surishtiruvlarini olib bormoqda. Tafsilotlari bilan tez kunlarda saytimiz orqali tanishasiz.

Tolib Rahmatov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 88
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 292
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 103
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 240
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Bo‘limlar