“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:19
ЎЗO‘Z

San’atkorlar qancha soliq to‘lashi ma’lum bo‘ldi

17 fev, 21:00 4 965 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
San’atkorlar qancha soliq to‘lashi ma’lum bo‘ldi Foto: Flickr / Ben Grey
Bugun, 17 fevral kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida soliq sohasidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbirda san’atkorlar daromadining soliqqa tortilishi borasida ham so‘z bordi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.

Litsenziya to‘lovi 4 barobarga kamaydi
Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish uchun jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi kerak. Shundan keyin «O‘zbekkonsert»dan litsenziya olish talab etiladi.

2020 yildan boshlab san’atkorlar ham soliqqa tortila boshlashi munosabati bilan, litsenziya uchun to‘lanadigan davlat boji miqdori 4 baravardan oshiqroqqa kamaytirilgan.

Boj miqdori – har bir ijrochiga berilgan reytingga mos tarzda tabaqalashtirilgan. Bunda san’atkorlar 6 toifaga bo‘linadi: O‘zbekiston xalq artisti unvoniga ega xonandalardan tortib, mahalliy otarchilargacha.
Bojning eng arzon miqdori 6-toifadagi san’atkorlar uchun belgilangan – 3 mln so‘m.

Soliq to‘lashning ikki xil shakli
San’atkor o‘z xohishiga qarab, qat’iy belgilangan miqdordagi soliq yoki deklaratsiya asosida daromad solig‘ini to‘lashdan birini tanlashi mumkin.
Agar daromadlari 100 million so‘mdan oshsa yoki aylanmadan soliq 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lanadi.

1. Qat’iy belgilangan miqdordagi soliq
Soliq stavkasi hududlar kesimida belgilanadi.
Toshkent shahrida xizmat ko‘rsatuvchi san’atkor – oyiga 225 ming so‘m, viloyatlar markazlarida – 150 ming so‘m, tuman markazlari va qishloqlarda esa 50 ming so‘mdan soliq to‘laydi.

Agar san’atkor ma’lum vaqt xizmat ko‘rsatmay tursa (masalan, to‘ylar kam bo‘ladigan qishda), guvohnomasini vaqtincha topshirib, faoliyatini to‘xtatib turishi mumkin. Bunda xizmat ko‘rsatmagan davri uchun soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.

2. Deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i
«Yo‘q, men qat’iy soliq to‘lamayman, men daromad olsamgina shu daromadimga muvofiq soliq to‘layman, deydigan bo‘lsa, ular deklaratsiya asosida soliq to‘lashi mumkin», – deydi Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Jahongir Abdiyev.

Bu shaklda soliq to‘lashni tanlagan san’atkor barcha xarajat va daromadlari hisobini yuritishi kerak.
«Aytaylik, xizmat ko‘rsatish orqali 100 million so‘m daromad oldi. Shundan xarajatlarni chegaralab tashlaydi – birinchi navbatda litsenziya uchun to‘langan davlat boji. Qo‘shiq yozdirsa, uning xarajatlarini chiqarib tashlaydi. Umuman, ijodi bilan bog‘liq qanaqa xarajat bo‘lsa, barchasini chegirib tashlaydi. Shundan keyin, agar foyda ko‘rgan taqdirdagina, soliq to‘laydi», – dedi Abdiyev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, faoliyat bilan bog‘liq xarajatlarga to‘yga borish-kelish, mashinasiga yoqilg‘i quyishgacha bo‘lgan chiqimlar ham kiradi.
«Albatta, har bir xarajat tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Muammo ham shunda. Ochiqcha aytsak, daromad va xarajatlarni ko‘rsatib, ochiq ishlaydigan paytimiz keldi. Agar shaffof ishlasak, hech qanday muammo bo‘lmaydi», – dedi Jahongir Abdiyev.

Ma’lumot uchun, san’atkorlardan yig‘ilgan soliqning 30 foizi respublika davlat budjetiga, 70 foizi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 143
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 292
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 356
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 299
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar