“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:47
ЎЗO‘Z

Islom Karimovning amalga oshmagan rejalari

15 fev, 20:12 7 233 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Islom Karimovning amalga oshmagan rejalari Besh yil oldin BiBiSi va Amerika ovozi radiolaridagi suhbatlarda “O‘zbekistondagi siyosiy tizimning tabiati, Karimovdan keyin kim kelishiga va asosiysi, qanday kelishiga bog‘liq” degan edim.

Karimovning hokimiyat almashinuvi borasidagi rejalari, tabiiyki, mutlaq boshqacha edi. Agar u tirik bo‘lganida, navbatdagi Prezidentlik saylovlari shu yili, ya’ni, 2020 yilning mart oyida – kelasi oyda bo‘lishi kerak edi. Bu paytda, uning yoshi 82 da bo‘lardi. Agar u tirik bo‘lganida, shu paytgacha o‘zining o‘rindoshi borasida aniq rejalar qilgan bo‘lar edi. Lekin, Allohning irodasi – hammasi boshqacha bo‘ldi.

O‘ylaymanki, agar Karimov to‘satdan o‘lmaganida o‘zidan keyin shaxs emas, komanda qoldirar edi. Ya’ni, hech kimda Karimov belgilagan kursdan og‘ishuv imkoniyati bo‘lmas edi. 2020 yilga qadar u Gulnora Karimovani “jazolab, oqlab, reabilitatsiya qilishga” ulgurgan bo‘lar edi. O‘ziga kimni o‘rindosh sifatida tanlagan bo‘lmasin, o‘sha tanlangan shaxs atrofida ko‘pchilikdan iborat komandani har xil mansablarga tayinlab, yangi Prezidentni erkin harakatlanish va rejim tabiatini o‘zgartirish imkoniyatlarini mutlaq zaiflashtirib tashlagan bo‘lar edi.

Aytaylik, u o‘ziga o‘rindosh sifatida Mirziyoyevni tanladi yoki Azimovni. Lekin, Gulnora Karimovaga katta davlat lavozimi berar va uning qudratini alohida kuchaytirgan bo‘lardi. Karimov tirik bo‘lganida bugun Nazarboyev qilayotgan ishlarni ancha qo‘pol ko‘rinishda, qattiq ohanglarda qilish ehtimoli yuqori edi.

Yangi Prezidentni tiyib turish uchun kuch ishlatar tizimlarini oldingidan ko‘ra yanada kuchaytirgan bo‘lardi. Agar Karimov tirik bo‘lib, O‘zbekistonda hokimiyat almashinuvi uning nazoratida kechganida edi, bugungi qilingan ishlarni, asosiysi, e’lon qilingan islohotlar siyosatidan nom-nishon ham bo‘lmasdi. Karimovning to‘satdan olamdan o‘tishi – yangi hokimiyatga harakatlanish erkinligini berdi.

Lekin, shunday bo‘lsada, bugungi yangi hokimiyat ham katta bosim ostida. Chunki, yangi Prezident ham eski komandaning bosimini juda yaxshi his qilib turibdi. Umuman, yangi hokimiyat ichki siyosatda ikki tomonlama bosim ostida. Jamiyat islohotlarni jadallashtirishni, uni hech qanday shartlarsiz, tezlashtirishni, samarasini tezroq ko‘rishni istaydi.

Qudratli amaldorlar esa, eski konsensusni – kuch ishlatish, repressiyalar orqali vaziyatni nazorat qilishni yagona to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaydi. Prezident esa, bir vaqtning o‘zida ikki tomon bilan ham murosa qilishga, o‘rtada muvozanat topishga, demakki, ikki tomonni ham qisman norozi qilishga majbur.

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 237
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 90
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 231
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 220
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 122
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar