“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2020, 11:23
ЎЗO‘Z

Shaxs qaysi holatlarda ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin?

15 fev, 15:37 888 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shaxs qaysi holatlarda ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin? Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun—o‘ttiz sutkagacha muddatga qo‘llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish tuman, shahar ma’muriy sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.

Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Ma’muriy qamoqqa olish:
- Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun;
- Transport vositalarini mast holda boshqarganlik uchun;
- Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik uchun;
- Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilganlik uchun;
- Fohishalik bilan shug‘ullanganlik uchun;
- Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzganlik uchun;
- Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzganlik uchun;
- Militsiya xodimini qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun, tilanchilik qilish, ya’ni voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni tilanchilik qilishga jalb qilganlik uchun sud tomonidan ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin.

A.Jumayev
Quva tuman ma’muriy sudi raisi




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Alimentdan bo‘lgan qarzini to‘lagan ota javobgarlikdan ozod qilindi 12 mar, 20:09
  • O‘zbekistonda sovuq qurolni olib yurganlik uchun javobgarlik joriy etiladi 09 mar, 12:46
  • Toshkentda yarim yalang‘och holatda mashina lyukidan chiqib o‘ynagan qizlar qidirilmoqda 03 mar, 14:34
  • Samarqandda yap-yalang‘och «sayr» qilgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi 02 mar, 11:46
  • Toshkentda fohishalik bilan shug‘ullanayotgan 39 nafar ayol ushlandi 17 mar, 12:24
  • Qirg‘izistonda jamoat joyida so‘kinganlar jarimaga tortiladi 19 dek, 17:48
  • So'nggi yangiliklar
  • Xiaomi 40 dollardan arzonroq turuvchi «aqlli» kameralarni taqdim etdi 05 apr, 10:52 0
  • Koronavirus sababli dunyodagi havo qanchalik tozalandi? 05 apr, 10:34 3
  • O‘zbekistondan kasallik ko‘tarilishini so‘rab Baytullohda duo qilindi (video) 05 apr, 10:21 5
  • O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 298 taga yetdi 05 apr, 10:00 7
  • Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi 05 apr, 09:30 7
  • Nursulton Nazarboyevning o‘limi haqidagi mish-mishlarga izoh berildi 05 apr, 09:00 933
  • Tramp OAVni koronavirus mavzusida vahima tarqatmaslikka chaqirdi 05 apr, 08:38 202
  • Bechora Dibala. U koronavirusni yengolmadi 05 apr, 08:37 1 373
  • Moskvada korxona va muassasalar xodimlariga 1,5 metrlik ijtimoiy masofa saqlash talabi qo‘yildi 05 apr, 08:13 148
  • Propiskaga oid yangi loyiha muhokama uchun e’lon qilindi 05 apr, 07:47 401
  • Katta shaharlarda «o‘zini yakkalash» hamda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talabi joriy etilmoqda 05 apr, 07:22 276
  • Berlin AQSHni Germaniyaga mo‘ljallangan niqoblarni qaroqchilarcha egallab olishda aybladi 05 apr, 06:55 516
  • Bo‘limlar