“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 10:25
ЎЗO‘Z

Andijonda dahshatli YTHda to‘rt kishi vafot etdi

14 fev, 12:25 2 400 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda dahshatli YTHda to‘rt kishi vafot etdi Kecha, 2020 yil 13 fevral kuni, taxminan soat 21:00 larda, 24 yoshli X.M. «Nexia-3» rusumli avtomashinada 3 nafar yo‘lovchilar bilan birga «Andijon-Asaka» avtomobil yo‘lining «Asaka» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotib, Andijon tumani, «Teraktagi» mahallasi hududida yo‘lning chekka qismida harakatsiz holda turgan 27 yoshli A.N.ning boshqaruvida bo‘lgan «Zil-130» rusumli yuk avtomashinasiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada «Nexia-3» avtomashinasi haydovchisi X.M. va oldi yo‘lovchi o‘rindiqdagi yo‘lovchi 24 yoshli I.J.lar hodisa sodir bo‘lgan joyida, yo‘lovchilar 24 yoshli M.B. va 20 yoshli N.P.lar esa ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tergov departamenti halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.

Hurmatli fuqarolar yo‘llarda harakatlanganda belgilangan tezlik talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Tezlikni me’yoridan oshirib o‘zingiz va boshqa harakat ishtirokchilarining hayotini xavf ostida qoldirmang. Unutmang! Sizni uyda farzandlaringiz, ota-onangiz va yaqinlaringiz kutadi. Har doim yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijonda dahshatli YTHda to‘rt kishi vafot etdi 14 fev, 12:45
  • Haydovchi yo‘lda boshqaruvni yo‘qotishi natijasida 2 kishi qurbon bo‘ldi 12 fev, 15:40
  • Sirdaryoda mudhish YTH sodir bo‘ldi 01 fev, 12:53
  • Qashqadaryoda mudhish YTH: 4 kishi halok bo‘ldi 28 dek, 21:43
  • Jizzaxda mudhish YTH: 4 kishi voqea joyida hayotdan koʻz yumdi 23 noya, 14:13
  • Avval Spark, keyin Nexia urib yuborgan ayollar vafot etdi 02 okt, 23:20
  • So'nggi yangiliklar
  • Mutaxassislar saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi mevalarni sanab berishdi 13 apr, 09:40 67
  • Bolangizni qarg‘amang, onalar! 13 apr, 09:00 177
  • Valijon Rahimov: "Murabbiylarimiz ko‘rsatmasini to‘g‘ri bajarish va kuchli xohish evaziga "Al Hilol"dan ochko olishimiz mumkin" 13 apr, 08:30 285
  • Yevropada yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yettita joy 13 apr, 08:00 504
  • Dafn etilgan erkakni bir kundan keyin qarindoshlari tirik holda topishdi 13 apr, 07:30 1 192
  • Xush kelding qalbimga, mohi Ramazon! 13 apr, 00:30 806
  • Ro‘za — qorinni och qoldirib, qalbni to‘ydirishdir 13 apr, 00:10 816
  • Xush kelibsan, Ramazon... 12 apr, 23:39 760
  • Diyetolog ovqat miqdorini kamaytirmasdan ozish usuli haqida gapirdi 12 apr, 23:23 787
  • Toshkentda tarovih namozi munosabati bilan har oqshomda qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi 12 apr, 22:57 311
  • Aliment to‘lamagan mirishkorlik ota 15 sutkaga qamaldi 12 apr, 22:43 704
  • Qidiruvdagi shaxs ushlangach 22.8 mln. so‘m aliment pulini to‘ladi 12 apr, 22:33 637
  • Bo‘limlar