“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 02:03
ЎЗO‘Z

Xonanda Ozoda Nursaidova 13 yillik tanaffusdan so‘ng konsert bermoqda

13 fev, 21:38 9 749 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xonanda Ozoda Nursaidova 13 yillik tanaffusdan so‘ng konsert bermoqda Foto: Instagram/@ozodaofficial
Xonanda Ozoda Nursaidova o‘n uch yillik tanaffusdan so‘ng «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim qilmoqda. Bu haqda xonanda «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.

- ‘Xalqlar do‘stligi’ saroyida 8—12 aprel kunlari yakkaxon konsert dasturimni taqdim etmoqdaman. Bundan avvalgi dasturimiz 2006 yilda bo‘lgan edi. Ko‘pchilikda ‘konsert dasturi jonli ijroda bo‘ladimi yoki fonogrammada?’ degan savollar tug‘ilmoqda. Konsert dasturimiz 80 foiz jonli ijroda bo‘ladi.

Konsert dasturining birgina sahnasida fonogrammadan foydalansa ham konsert bannerlariga jonli ijro deb yozish mumkin emas ekan. Shu sababli konsert bannerlariga fonogramma deb yozib qo‘yilgan. Dasturga asosiy tayyorgarlik ishlari yanvar oyidan boshlangan,
- deydi Ozoda Nursaidova.

Ma’lumot uchun, Ozoda Nursaidova 2019 yilning 13 oktabr kuni «O‘zbekkonsert»da bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda «O‘zbekkonsert» direktori Odiljon Abduqahhorov Prezident Shavkat Mirziyoyevning san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rligi, mehribonligi va kechirimliligi bois xonanda Ozoda Saidzoda kechirilgani hamda unga erkin ijod qilish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 225
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 305
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 84
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 141
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 95
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 0
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 20
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 136
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 67
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 56
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 138
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 57
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 227
  • Bo‘limlar