“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 11:24
ЎЗO‘Z

"Menam jamoatchilik joyida ko‘p narsalar qilgim keladi..."

13 fev, 19:53 2 085 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Menam jamoatchilik joyida ko‘p narsalar qilgim keladi..." Jamoatchilik joyda o‘ynagan “Van Dam”ning raqsi men ko‘p guvohi bo‘ladigan ba’zi holatlardan ancha pesh. Nega jazolashdi tushunmadim.
Menam jamoatchilik joyida ko‘p narsalar qilgim keladi.

Masalan qopqora, necha million so‘mga olingan bir xil nomerli mashinada qora ochki taqqan “qimmat” yigit shundoq mashina oynasidan qo‘lidagi kolani idishini namoyishkorona yo‘lga otib yubordi. Men shu zahoti to‘xtab uning mashinasining ballonlarini mix bilan teshib, yana kamiga chizib-chizib tashlagim keladi.

Jamoat joyda avtobusda ketayapmiz, oldimda o‘tirgan bolakay onasidan savol so‘rayapti. Ona esa telefonga termulib o‘g‘lini jerkib tashlayapti, shundoq bolaning qo‘lidan ushlab o‘g‘irlab qochib ketgim keladi. Keyin taksida onasi halloslab meni quvsa, mazza qivorardim.

Jamoat joyda bir ayol qaynonayu qaynotasini, erini hammaga eshittirib g‘iybat qilayapti, uyining sirini ko‘chaga begonalargacha bildirayapti, shartta qo‘lidan telefonni olib ko‘chaga, iloji bo‘lsa ariqqa otvorgim keladi.

Jamoat joyda tuppa-tuzuk olifta yigit oyog‘ini ostiga tuflab ketdi, shundoq to‘xtab bir siqim tuproqni, loynimi, toshnimi, kesaknimi olib yotqizib og‘ziga shuvab tashlagim keladi.

Jamoat joyda olifta bo‘yanib olgan madaniyatli madam nonlarni uzun tirnoqlari bo‘yangan qo‘li bilan ushlayapti, qo‘llariga pashsha o‘ldirgich bilan uriiib, uriiiib tashlagim keladi.

Jamoat joyda mashinalar tirbandligida mashina haydayotgan xo‘jayinim asabiylashib so‘kingan yoki baqirib chaqirgan (shaxsi noma’lum) paytida shartta skotchni olib og‘zini skotchlab tashagim keladi...
Lekin men unday qilolmayman. Mo‘mingina, qobilgina bo‘lib yurishga majburman...

Barno_Sultonova telegram kanalidan olindi




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva jamoat fondida ish boshladi 31 yanv, 16:09
  • Qaysi dorilarni sovutkichda saqlash kerak? 15 yanv, 18:08
  • "Norvegiyaga o‘xshagan mamlakatga ko‘chib emas qochib ketgim kelayapti..." 14 yanv, 18:02
  • Toshkentda o‘n kunlik go‘dak ko‘chaga tashlab ketildi 14 okt, 20:05
  • Bolani kim buzayapti: bizmi yoki telefon? 02 avg, 12:53
  • Qirg‘izistonda jamoat joyida so‘kinganlar jarimaga tortiladi 19 dek, 17:48
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bu oddiy o‘yin bo‘lmaydi" - "Istiqlol" bosh murabbiyi AGMKga qanday ta’rif berdi? 18 apr, 10:23 0
  • Urganchda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi aytilayotgan dunyodagi eng yirik bronza ot haykali o‘rnatiladi (video) 18 apr, 09:44 66
  • Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi 18 apr, 09:16 176
  • Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi? 18 apr, 08:38 294
  • «Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida 18 apr, 08:00 484
  • Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi 18 apr, 07:00 252
  • "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozonib, Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi! 18 apr, 05:15 693
  • "Traktor" - "Sharja" uchrashuvida "Paxtakor" uchun qulay hisob qayd etildi 18 apr, 01:42 1 140
  • Legionerimiz muhim golga assistentlik qildi (video) 18 apr, 01:39 909
  • Markaziy Osiyo derbisida imkoniyatlar qanday? Yoxud terma jamoa ustozining Saudiyadagi rejalari haqida 18 apr, 00:23 906
  • Boks. Jahon chempionatida bugun mag‘lubiyat bo‘ldimi? 18 apr, 00:00 1 278
  • Rossiya FXX Belarusda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qildi 17 apr, 23:55 1 058
  • Bo‘limlar