“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:41
ЎЗO‘Z

Prezident Xavfsizlik kengashi apparati va DXX rahbarlari bilan yig‘ilish​​ o‘tkazdi

13 fev, 18:38 4 231 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident Xavfsizlik kengashi apparati va DXX rahbarlari bilan yig‘ilish​​ o‘tkazdi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va muhofaza qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati hamda Davlat xavfsizlik xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Chegara qo‘shinlari faoliyatining amaliy natijalari hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan o‘tgan yil 27 avgust kungi yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Markaziy Osiyo davlatlarining chegara idoralari bilan aloqalarni izchil rivojlantirib borish, turli xalqaro tashkilotlar bilan qo‘shma tadbirlarni ko‘paytirish hamda xorijiy sheriklar bilan chegaraoldi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada savdo, turizm aloqalari va madaniy almashinuvlarni mustahkamlash, odamlarning bordi-keldisini ko‘paytirish maqsadida fuqarolar va xorijlik mehmonlar uchun Davlat chegarasini kesib o‘tishda qulay sharoitlar yaratish muhimligiga e’tibor qaratdi.

Amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.​




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 12
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 161
  • Farg‘onada Telegram bot orqali o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirib kelgan 17 yoshli yigit ushlandi 28 mar, 06:00 49
  • Shavkat Mirziyoyev AQSHlik yuqori martabali amaldorlarni qabul qildi 27 mar, 23:36 65
  • Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov Termizga keldi 27 mar, 16:06 220
  • Endi maktablar oldida maxsus kameralar o‘rnatiladi 27 mar, 15:45 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 0
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 0
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 12
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 21
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 34
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 160
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 188
  • Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi 28 mar, 09:22 31
  • Turkiya harbiylari Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yo‘q qildi 28 mar, 08:57 41
  • Amerikalik ekspert: AQSH dunyoni boshqaramiz deb o‘ylaydi 28 mar, 08:22 182
  • Rossiya TIV: G‘arb Ukrainadagi manfaatlari haqida ochiqchasiga gapirdi 28 mar, 07:47 252
  • Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi 28 mar, 07:13 218
  • Bo‘limlar