“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 17:43
ЎЗO‘Z

Jizzaxlik haydovchi YHXB xodimiga pora berayotgan vaqtida qo‘lga olindi

13 fev, 17:18 3 309 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxlik haydovchi YHXB xodimiga pora berayotgan vaqtida qo‘lga olindi Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi O.B. boshqaruvidagi “Epika” rusumli transport vositasi o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi. Haydovchi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz harakatlanganligi, avtomashinada chigitlanmagan paxta xom-ashyosini olib ketayotganligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

IIB YHXB boshlig‘i A.Tovboyev tomonidan haydovchi O.B.ga nisbatan belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchi O.B. tuman IIB YHXB boshlig‘i A.Tovbayevga paxta xom-ashyosini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirmaslik va transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 500 ming so‘m pullarni pora tariqasida taklif etgan.

Xodimning bildirgisiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi O.B. tuman YHXB boshlig‘i O.Tovboyevga 500 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 0
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 0
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Bo‘limlar