“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 13:36
ЎЗO‘Z

«Ahmadboy ishi» bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud hukmi e’lon qilindi

12 fev, 22:50 3 327 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ahmadboy ishi» bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud hukmi e’lon qilindi 2020 yil 12 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Kun.uz nashrining xabar qilishicha, Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari (eski tahrirdagi) bilan aybli deb topildi va unga ushbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A.Tursunboyevga O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2019 yil 28 oktabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 4 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A.Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi Qarorining 6-bandi “b” kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi.

Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlandi. Jazoni o‘tash muddati 2016 yil 16 iyundan boshlab hisoblanadi.
A.Tursunboyevga qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 1
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 363
  • AQSH Toshkent shahri bo‘ylab havo sifatini monitoring qiladigan sensorlar o‘rnatadi 22 apr, 22:30 32
  • So'nggi yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 54
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Bo‘limlar