“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 03:14
ЎЗO‘Z

Boburning “Maxfiy vasiyatnoma”si haqida bilasizmi?

11 fev, 13:46 4 702 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Boburning “Maxfiy vasiyatnoma”si haqida bilasizmi? Foto: O‘zA
Bobur ijodi misli bir ummon. Bu ummon ichida qanday dur-u gavharlar borligi hech birimizga to‘liq ma’lum emas. Shoh va shoir ijodiga to‘xtalar ekanmiz, ko‘pgina izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar, shu jumladan, boburshunos Xayrulla Ismatullayev qarashlariga alohida e’tibor berishimiz lozim.

O‘z hayotini betob farzandi Humoyunga berishga tayyor bo‘lgan ota – yozma vasiyatnoma yozib qoldirgan. Bu “Maxfiy vasiyatnoma” deb atalib, 935 hijriy yil ( 1529 yil 11 yanvar) “Nilufar” bog‘ida yozilgan.

“Maxfiy vasiyatnoma” o‘ng tomondan doira ichida Boburning “933. Podshoh Bahodir g‘oziy Zahiriddin Muhammad Bobur” deb naqshlangan muhri ham berilgan. Bu vasiyatnoma Hindistonni boshqarishga oid bo‘lgani uchun ham maxfiy sanalgan. Bu vasiyatnoma bilan hind professorlari Sayid Ross Ma’sud, H.Shervaniy hamda Jaypurdagi Rajaston universitetining professori tarixchi olim R.Nath tanish bo‘lgan.

Vasiyatnoma fors tilida yozilgan. Hindistonda sigir muqaddas bo‘lganligi sababli “Hindistonning qalbini qo‘lga kiritaman desangiz, sigir so‘ymoqdan o‘zingizni tiying, buning evaziga xalqning qalbi sizga yaqin bo‘ladi”, deya nasihat qilinadi vasiyatnomada.

Hozirgi kunda Boburning vasiyatnomasi Bhopal Davlat kutubxonasida saqlanadi. Uning fotonusxasini birinchi bo‘lib kutubxona mudiri B. Goshal olib, janob Said Ross Ma’sudga yuborgan. Vasiyatnoma nasta’liq xatida yozilgan.

47 yillik umrining 36 yilini jangu jadallarda o‘tkazgan Bobur hindlar orasida “Qalandar” nomini olgan. U to‘g‘riso‘z, haqiqatgo‘y solnomachi, “Boburnoma” muallifidir.

Ruxsora Ziyodova,
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 127
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 201
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 512
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 72
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 65
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 345
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 70
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 36
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 18
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 79
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 127
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 60
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 186
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 201
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 270
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 153
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 97
  • Bo‘limlar