“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 19:32
ЎЗO‘Z

Turklarning harbiy kolonnasi Idlibga kirdi

09 fev, 18:05 2 728 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turklarning harbiy kolonnasi Idlibga kirdi Foto: Sky News Arabia
Turkiya armiyasining tanklar, zirhli texnikalar va o‘q-dori ortilgan mashinalaridan iborat harbiy konvoy Suriya bilan chegarani kesib o‘tib, Idlib viloyati hududiga kirdi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotida aytilishicha, turklarning yana bir harbiy karvoni 9 fevralga o‘tar kechasi chegarani kesib o‘tib, Idlibdagi Bob-al-Xava punktiga kirgandi. Anadolu agentligi ma’lumotiga ko‘ra, kolonnda jami 300ta harbiy texnika bor. Shuningdek, maxsus topshiriqli harbiy bo‘linmalar ham chegaradan o‘tgan.

O‘z navbatida, Idlib va Halabda joylashgan Suriya muxolifati vakillari o‘z oila a’zolarini Turkiya bilan chegaradosh hududdagi Afrin shahri tomonga olib ketmoqda.
Shanba kuni Anqarada RF va Turkiya hukumatlari o‘rtasida muzokara o‘tkazilgan, unda Idlibdagi keskinlashayotgan vaziyat muhokama qilingandi.

Turkiya va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Sedat O‘nal va Sergey Vershinin boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasidagi muzokaralar uch soatga yaqin davom etgan. Turkiya tomoni Sochi kelishuvi doirasida Idlib deeskalatsiya hududi chegaralari saqlanib qolishini va ushbu hududdan fevral oxirigacha Suriya qo‘shinlari olib chiqib ketilishini talab qilgan.

Shuningdek, Anqara deeskalatsiya hududidagi kuzatuv punktlariga Suriya qo‘shinlari tomonidan uyushtiriladigan har qanday hujumga javob qaytarishini bildirgan.

2017 yil may oyida Ostona shahrida (hozirgi Nur-Sulton) Rossiya, Eron va Turkiya vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralarda Suriyada to‘rtta deeskalatsiya hududi tashkil etilgan. 2018 yilda uchta hudud Damashq nazorati ostiga o‘tgan. Idlib viloyatida joylashgan to‘rtinchi hudud Suriya hukumati nazoratidan tashqarida bo‘lib, uning katta qismi turklarning ittifoqchisi sanaladigan «Jabhat an-Nusra» tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi. 2018 yil sentabrda Rossiya va Turkiya Sochida o‘tkazilgan muzokaralarda Idlibda demilitarizatsiyalashgan hudud tashkil etishga kelishib olgandi.

Rossiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik va turkiyalik harbiylar hududda tinchlik o‘rnatish uchun harakat qilmoqda, ammo hududdagi ayirmachilar bunga xalal bermoqda.
Yanvar oyi oxiri va fevral oyi boshida qurolli harakatlar davom etishi oqibatida rossiyalik va turkiyalik harbiylar halok bo‘lishgandi.

2020 yilning 26 yanvarida Suriya Arab Respublikasi armiyasi Halab sharqiga bu hududdagi jangarilar tomonidan shaharga doimiy ravishda zarbalar berib kelinayotgani oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘layotganini ro‘kach qilib hujum boshladi. Bashar Asad kuchlari 5 fevral kuni Idlib yaqinidagi Sarakib shahrini egallab oldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 0
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 135
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 112
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 161
  • So'nggi yangiliklar
  • SSKA afsonasi Akinfeyev Fayzullayevga nega tanbeh berdi? 23 apr, 18:58 0
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 0
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 0
  • Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlarni nima uchun sudga bergani ma’lum bo‘ldi 23 apr, 18:26 1
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 135
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Bo‘limlar