“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 09:16
ЎЗO‘Z

Xorazm viloyatida «Damas» va «Moskvich» to‘qnashishi oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi

09 fev, 11:00 3 038 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorazm viloyatida «Damas» va «Moskvich» to‘qnashishi oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi 8 fevral kuni soat 00:20larda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Damas» rusumli transport vositasi haydovchisi, 1957 yilda tug‘ilgan A.Ya. boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘parasidan kelayotgan Xiva tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan, Sh.M. boshqaruvidagi «Moskvich-412» rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida «Damas» haydovchisi voqea joyida vafot etgan, «Moskvich» yo‘lovchisi, Xiva tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan F.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

«Hurmatli harakat ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilib, belgilangan tezlik talablari, yo‘l belgilari va svetofor ishoralariga rioya qilishlaringizni so‘rab qolamiz. Shundagina ko‘zlagan manzilingizga, oilangiz bag‘riga eson-omon yetib olasiz», deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 258
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 383
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 95
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 230
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 171
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 207
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 0
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 1
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 0
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 6
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 12
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 84
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 154
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 42
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 193
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 212
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 322
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • Bo‘limlar