“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:27
ЎЗO‘Z

O‘z joniga qasd qilish - so‘nggi chora emas!

05 fev, 18:51 3 283 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘z joniga qasd qilish - so‘nggi chora emas! Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligidek aziz ne’matlarning qadrini bilgan har bir inson atrofida ro‘y berayotgan holatlarga loqayd bo‘lmaydi. Loqaydlik esa har doim salbiy oqibatlarga olib kelgan. Bugungi kunda fuqarolarimizning kutilmagan holatlarda to‘g‘ri qaror qilib, tezda tinchlik posbonlariga ma’lumot berib bildirayotgan ishonchi natijasida bir qancha ko‘ngilsizliklarning oldi olinmoqda, necha insonning hayoti saqlanib qolmoqda.

Gohida turli vaziyatlar sabab fuqarolarimiz, aksar holatlarda yoshlar tomonidan nojo‘ya harakatlar, kimgadir ozor berish yoki o‘z joniga qasd qilish holatlari uchrab turishi hech kimga sir emas.

Shu jumladan, joriy yilning 1 va 3 fevral kunlarida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi I.Karimov ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosidagi o‘z joniga qasd qilish holatlari ham aynan yoshlar tomonidan sodir etilgan. Har ikki vaziyatda ham daryo bo‘yida joylashgan “Qashqadaryo sohili” saylgohida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga safarbar etilgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va yoshlar kelajagiga befarq bo‘lmagan fuqarolarimizning sa’y-harakatlari natijasida ularning hayotlari saqlab qolingan.

Birinchi holatda 1 fevral kuni soat 15:10 larda 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro S.R. ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan. O‘quvchi qiz xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari D.Jakbarov va A.Qurbonovlar tomonidan o‘z vaqtida qutqarib qolinib, RSHTYOIM Qarshi filialiga yetkazilgan va tibbiy tekshiruv o‘tkazilganda, unda hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro S.R. oila a’zolari bilan o‘zaro ziddiyat tufayli shu ishga qo‘l urgan.

Navbatdagi holat esa birinchi vaziyatdan ko‘ra ayanchliroq oqibatlarga olib keldi. 3 fevral kuni taxminan soat 14:50 larda daryo qirg‘og‘i oldida sodir bo‘lgan o‘z joniga qasd qilish holatida 2000 yilda tug‘ilgan vaqtincha ishsiz fuqaro A.X. qo‘lida bo‘lgan shisha sinig‘ini o‘zining bo‘yin va qorin sohalariga sanchib olib, o‘zini daryoga tashlagan. Yuz bergan voqeani ko‘rgan, 1990 yilda tug‘ilgan, Obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi Sh.Mirzoyeva darhol shu hududda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari O.Raxmatov va A.Usmonovlarga xabar bergan.

O‘z o‘rnida harbiy xizmatchilar zudlik bilan fuqaro A.X.ni suvdan qutqarib chiqib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgancha, RSHTYOIM Qarshi filialiga yetkazganlar. Tibbiyot xodimlari tomonidan fuqaro A.X ga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli darajada. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Sodir etilgan hodisalarning “qahramonlar”i yoshlar ekani odamning dilini xira qiladi. Xali necha bahorni qarshi oldi-yu, hayotning og‘ir zahmatini o‘z bo‘yniga olgandek, so‘nggi chora sifatida hayotdan ko‘z yumishni afzal ko‘rdilar? Yoshlarni nomaqbul yo‘llardan qaytarishda har birimiz ma’lum darajada hissa qo‘shmog‘imiz darkor. Unutmang, o‘z joniga qasd qilish ‒ so‘nggi chora emas!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 237
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 90
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 231
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 220
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 122
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar