“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 15:18
ЎЗO‘Z

Ozodbek Nazarbekov: «Madaniyat vazirligi faoliyati tadbirbozlikdan iborat bo‘lib qoldi»

04 fev, 23:01 3 816 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozodbek Nazarbekov: «Madaniyat vazirligi faoliyati tadbirbozlikdan iborat bo‘lib qoldi» Bugun, 4 fevral kuni madaniyat vazirligi binosida jurnalistlar va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohaga oid muammolar yuzasidan fikr bildirdi.

«Madaniyat tizimi jamiyat tafakkuri bilan to‘qnash keladigan soha hisoblanadi. Odamlarning ongini o‘zgartirish, to‘g‘ri tomonga yo‘naltirish vazifasi bizning asosiy vazifamiz bo‘lishi kerak. Sohada muammolar juda ko‘p, lekin ular jurnalistlar tomonidan yetarlicha yoritilmaydi. Shu paytgacha tizimda qilgan ishlarimizni, o‘tkazgan son-sanoqsiz tadbirlarimizni maqtanib keldik. Umuman olganda, madaniyat vazirligi faoliyati tadbirbozlikdan iborat bo‘lib qoldi.

Nafaqat oddiy xalq, hatto madaniyat tizimi xodimlari ham bu sohani san’atkorlar bilan ishlaydigan, ularning ijodini muvofiqlashtirib turuvchi tashkilot sifatida qabul qilib bo‘lgan. Viloyat, tumanlarda madaniyat xodimini tadbir o‘tkazib beradigan mas’ul sifatida ko‘rishadi. Ular ham o‘z navbatida vazifasini faqat tadbirbozlikdan iborat, deb o‘ylashadi. Madaniyat tizimi jamiyat oldidagi vazifasini unutgan. Tadbir o‘tkazilsa, bo‘ldi. Maqsad bajarildi. Afsuski, ishimiz faqat shundan iborat bo‘lib qoldi
», deydi Nazarbekov.

Vazir sohadagi korrupsiya holatlariga ham to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng kam oylik oluvchi xodimlar aynan shu tizimda ishlashadi. Ularning maoshlari bir oyda 600 ming so‘mni tashkil etadi. Shunaqa holatda, albatta, korrupsiyaga yo‘l qo‘yilishi qayd etib o‘tildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 115
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 162
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 021
  • Chingiz Aytmatov boshi uzra qora bulutlar yoki qasam bilan mustahkamlangan qarz 21 apr, 17:24 302
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 367
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 0
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 0
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 9
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 13
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 129
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 22
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 18
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 130
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 74
  • Bo‘limlar