“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 11:11
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbariga hamdardlik bildirdi

02 fev, 15:02 3 251 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbariga hamdardlik bildirdi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Szinpinga mamlakatda tarqalgan koronavirus tufayli ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Janobi Oliylari,
Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli kelib chiqqan kasallik tarqalishining fojiali oqibatlari to‘g‘risidagi tashvishli xabarlar O‘zbekiston Respublikasida alohida xavotir va qayg‘u bilan qabul qilinmoqda.

O‘zbekiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan do‘st Xitoy Xalq respublikasi xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman, barcha jabrlanganlarning tez fursatda shifo topishini tilayman.

Ushbu og‘ir damlarda O‘zbekiston xalqi sizga yelkadosh bo‘lib, xitoylik do‘stlarga chin dildan qayg‘udosh ekanini alohida ta’kidlashni istardim.

Sizning rahbarligingiz ostida ushbu xavfli pandemiyaga qarshi kurashish borasida ko‘rilayotgan mardona sa’y-harakatlar va samarali chora-tadbirlarni yuksak qadrlaymiz va to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu umumiy xatarni bartaraf etish maqsadida zarur ko‘mak ko‘rsatishga intilamiz.

O‘zbekiston hukumati ushbu kasallik tarqalishiga birgalikda qarshi kurashish choralarini Xitoy bilan yaqindan muvofiqlashtirishga tayyor.

Yana bir bor chuqur hamdardlik izhor etib, Sizning qat’iy harakatlaringiz tufayli buyuk xitoy xalqi ushbu qiyinchiliklarni tez fursatda munosib yengib o‘tishiga ishonch bildiraman
», — deyiladi maktubda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 1
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 266
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 155
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 241
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 131
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 0
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 1
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 1
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 3
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 106
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 8
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 119
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 91
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 14
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • Bo‘limlar