Xabaringiz bor hozirda Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Tayyorgarlik jarayonida ular bir qator nazorat uchrashuvlari ham o‘tkazishmoqda.
Jumladan, Qarshining "Nasaf" klubi ertaga Toshkentda "Lokomotiv" jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv ertaga «TTYMI» stadionda 14:30 da boshlanadi.