“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 16:55
ЎЗO‘Z

«Mevadan qandaydir virus yuqishi holati hali kuzatilmagan» — Vazirlik yana bir bor koronavirus haqidagi mish-mishlarni rad etdi

28 yanv, 18:48 3 105 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Mevadan qandaydir virus yuqishi holati hali kuzatilmagan» — Vazirlik yana bir bor koronavirus haqidagi mish-mishlarni rad etdi Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, bunday xabarlar yolg‘onligini ma’lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan koronavirus infeksiyasining yurtimizga kirib kelganligi, jumladan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida tarqalganligi haqidagi xabarlar haqiqatga mutlaqo zid. Bu to‘g‘risida «Jizzaxda koronavirus infeksiyasi tarqalganligi haqidagi xabarlar asossiz» sarlavhali xabarda ham batafsil to‘xtalib o‘tilgan edi.

Shu o‘rinda meva-sabzavotlar, jumladan, banandan ushbu virus yuqishi mumkinligi haqidagi chiqishlarga ham oydinlik kiritib o‘tsak.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epedimiologik osoyishtalik agentligi mutaxassisi Qamariddin Boqiyevning ta’kidlashicha, mamlakatimizga xorijdan kirib kelgan meva-sabzavotlar, xususan, bananlar Vazirlar Mahkamasining sertifikatlashtirish tartibiga oid 318-sonli qaroriga asosan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Birinchi navbatda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini inspeksiyasi tomonidan fitosanitariya xulosasi beriladi. Keyin Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tarkibidagi Sanitar-epedimiologik xulosalar berish bo‘limlarida xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tekshirilib, sanitar-epedimiologik xulosa taqdim etiladi. Shundan so‘ng «O‘zstandart» agentligidan muvofiqlik sertifikati olingach, xorijdan keltirilgan meva-sabzavotlar sotuviga ruxsat beriladi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Vazirlik mutaxassisi meva-sabzavotlardan koronavirus yuqishi haqidagi xabarlar yuzasidan ham izoh bergan.

«Xitoydagi xavotirli epedimik vaziyatdan kelib chiqqan holda, qator oziq-ovqatlar, jumladan, meva-sabzavotlar bo‘yicha ham turli tekshiruvlar olib borilyapti. Lekin bu ilmiy jihatdan hali isbotlanmagan.

Ayni paytda koronavirus yuqishiga turli hayvonlar va dengiz mahsulotlari sabab bo‘layotgani taxmin qilinmoqda. Ammo aynan qaysi biridan yuqishi mumkinligi haqida ham aniq to‘xtamga kelingani yo‘q. Umuman olganda, meva-sabzavotlarni yuvmasdan yeyish qaysidir kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi ehtimoli bor. Biroq aynan meva-sabzavotlar iste’moli sabab qandaydir virus yuqtirish holatlari hali kuzatilmagan», – deydi Qamriddin Boqiyev.

Vazirlik koronavirus O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish bo‘yicha barcha zarur-choralar ko‘rilganini bildirgan.

«Alohida ta’kidlash lozimki, ushbu koronavirus infeksiyasiga qarshi yurtimizda kerakli barcha choralar ko‘rilmoqda. Xususan, mamlakatimiz hududiga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yana bir bor eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin», deyiladi vazirlik xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 232
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 150
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 20
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 62
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 110
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 169
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 66
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 61
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 202
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 186
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 68
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 385
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 99
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 120
  • Bo‘limlar