“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:24
ЎЗO‘Z

Lukashenko mobil qurilmalardan foydalanmasligining sababini ma’lum qildi

25 yanv, 08:55 2 935 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lukashenko mobil qurilmalardan foydalanmasligining sababini ma’lum qildi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xavfsizlik nuqtai nazaridan mobil telefonlar va boshqa turdagi gadjetlardan foydalanmasligini ma’lum qildi.

“Balki, bu yomondir: menda hattoki mobil telefon ham yo‘q. Qarasam, hamkasb-prezidentlar bu “ayfonlar”ni bosib, nimalardir qilishadi. Men esa bu bilan shug‘ullanmayman. Men xavfsizlik nimaligini bilaman. Gap hattoki bunda ham emas: menda bu bilan shug‘ullanadigan odam bor”, deb aytgan Lukashenko Shklov shahriga tashrifi vaqtida.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, agar kimdir unga mobil telefondan qo‘ng‘iroq qilsa, unga bu haqida yordamchisi ma’lum qiladi. “Biroq men bu aloqa bo‘yicha deyarli gaplashmayman. Bugun bu gadjetlar doim sizning cho‘ntagingizda va qayerda bo‘lmang, kimga kerak bo‘lsa, sizni ko‘rib turadi. Siz buni xohlaysizmi? Yo‘q”, deb qo‘shimcha qilgan Belarus rahbari.

U shuningdek mobil qurilmalar tarqatuvchi radioto‘lqinlarni salomatlik uchun zararligini va internetning foydali tomonlari borligi bilan birga sun’iy ongning xavfli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.

2019 yil noyabrda Lukashenko Belarusda hukumat uchun “maxfiy” mobil aloqa sinovdan o‘tkazilayotgani, biroq hali uning bartaraf etilishi kerak bo‘lgan kamchiliklari borligini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 1
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 231
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar