“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 15:50
ЎЗO‘Z

Rossiya aholisi qatorasiga ikkinchi yil kamaymoqda

24 yanv, 21:28 2 540 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya aholisi qatorasiga ikkinchi yil kamaymoqda Foto: Valeriy Melnikov / RIA Novosti
Rossiyaning doimiy aholisi 2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 2019 yil boshlanishiga nisbatan 32 ming 622 kishiga kamayib (0,2 foiz), 146 mln 745,1 ming kishini tashkil qildi. Bu haqda Rossiya davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Rossiya aholisi 2018 yilda 99,7 ming kishiga qisqargandan keyin qatorasiga ikkinchi yil kamaymoqda. Bungacha, ya’ni 2009 yildan 2017 yilgacha Rossiya aholisi uzluksiz ko‘payib kelgan. Rosstat prognoziga ko‘ra, Rossiya aholisi 2026 yilgacha qisqarib boradi.

Rossiyadagi joriy demografik vaziyat aholining 2016 yildan boshlab tobora jadallashib borayotgan tabiiy kamayishi va kamayishni qoplay olmayotgan migratsiya o‘sishi bilan ifodalanmoqda.

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 2019 yilning 11 oyida aholining tabiiy kamayishi 285,7 ming kishini, mamlakatga sof migratsiya qiymati esa 222,7 ming kishini tashkil qilgan.

Rosstatning demografik prognoziga ko‘ra, aholining tabiiy kamayishi 2026 yilda eng yuqori ko‘rsatkichni (583,5 ming kishi) tashkil qiladi, migratsiya oqimi esa bu sonning yarmini ham qoplay olmaydi. Bu holat birinchi navbatda tug‘ilishning kamayishi bilan bog‘langan. Prognozlarga ko‘ra, tug‘ilish koeffitsiyenti (bir ayolga to‘g‘ri keladigan bolalar soni hisobida) joriy 1,5 dan 2025 yilda 1,42 gacha kamayadi.

Rossiya hukumati 2024 yilgacha tug‘ilish koeffitsiyentini 1,7 gacha oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Buning uchun onalik kapitalini 2020 yildan boshlab birinchi farzand tug‘ilishi bilan berish boshlanadi, dasturning o‘zi esa 2026 yilgacha uzaytiriladi. Hozirda bu dastur faqatgina ikkinchi farzandga qo‘llanib, 2021 yilgacha amal qilishi belgilangan. Onalik kapitalining umumiy qiymati 466,6 ming rubldan 616,6 ming rublgacha (ikki farzandli oila uchun) oshiriladi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoy aholisi 1,4 mlrd kishidan oshdi 17 yanv, 10:15
  • Qozog‘iston aholisi 18,5 mln kishiga yetdi 16 avg, 08:00
  • Sayyoramiz aholisi soni 2019 yilda 7,7 mlrd kishini tashkil qilmoqda, 2050 yil oxiriga kelib esa 9,7 mlrd kishiga yetadi. Bu haqda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida boshlangan Aholi va taraqqiyot komissiyasining 52-sessiyasida maʼlum qilindi. X 03 apr, 09:13
  • Rossiya aholisi kamaya boshladi. Muammoning yechimi – migrantlarda (mi?) 16 mar, 07:45
  • Qozog‘iston aholisi soni haqida ma’lumot berildi 16 mar, 12:53
  • Turkiya aholisi deyarli 80 mln kishiga etdi 01 fev, 09:25
  • So'nggi yangiliklar
  • «UzAuto Motors» xalqaro moliya bozoriga ilk qimmatli qog‘ozlarini chiqarmoqda 23 apr, 15:11 0
  • Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit «Neksiya»da yuk avtomobiliga urildi 23 apr, 14:44 1
  • «Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida 23 apr, 14:12 2
  • DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi 23 apr, 13:43 60
  • 24 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 23 apr, 13:13 144
  • Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi 23 apr, 12:40 429
  • 1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin 23 apr, 12:12 245
  • O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi 23 apr, 11:30 328
  • Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi 23 apr, 10:46 705
  • "Paxtakor"ga qarshi bahs haqida Shukurovning ustozi nimalar dedi? 23 apr, 10:23 493
  • Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak” 23 apr, 09:50 527
  • Ukrainlar rus bosqiniga qarshi birlashmoqda 23 apr, 09:13 1 104
  • Bo‘limlar