“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 19:25
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «Demokratik islohotlar yo‘li – biz uchun yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir»

24 yanv, 11:59 2 715 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «Demokratik islohotlar yo‘li – biz uchun yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir» Tashkent City’dagi Xalqaro kongress markazida prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda.

Tadbir MTRKning to‘rtta teleradiokanali, beshta telekanali hamda 12ta hududiy teleradiokompaniya, shuningdek, beshta nodavlat telekanal hamda Prezident matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinmoqda.

Kun.uz nashrining xabar berishicha, prezident o‘z nutqini saylovlar va demokratik islohotlarga oid fikrlar bilan boshladi.

«Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib aytmoqchiman, demokratik islohotlar yo‘li – biz uchun yakka-yu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir. Jamiyat – islohotlar tashabbuskori degan yangi g‘oya, kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda», – deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident siyosiy partiyalarning o‘z elektorati bilan ishlash tizimini takomillashtirish, partiyalarning siyosiy faolligini oshirish muhimligini qayd etdi.

«Shu bilan birga, mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazishning uch pog‘onali tizimini optimallashtirish, unda tuman va shahar saylov komissiyasining rolini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim», – dedi davlat rahbari.

Qayd kerakki, O‘zbekistonda bungacha bosh islohotchi — davlat bo‘lib kelgan va bu siyosat darajasiga ko‘tarilgan, barchasi «yuqori»dan belgilanar edi. Endi esa islohot jamiyatdagi haqiqiy holatdan kelib chiqib belgilanadi. Xalqni qiynayotgan muammolar esa OAV, ijtimoiy tarmoqlardagi kayfiyatlar, xalq qabulxonalari va boshqa «barometrlar» orqali aniqlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 246
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 1
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 2
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 58
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Bo‘limlar