“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:48
ЎЗO‘Z

Xitoydagi yangi koronavirus manbai aniqlandi

23 yanv, 23:40 11 301 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoydagi yangi koronavirus manbai aniqlandi Xitoydan kelib chiqqan yangi koronavirusni genetik tahlil qilish doirasida olimlar uning eng ehtimoliy manbai Uxandagi bozorda sotilgan ilonlar ekanligini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Journal of Medical Virology jurnalida chop etildi.

Infeksiyasi birinchi marta 2019 yil dekabr oyi oxirida Xitoyning markaziy qismida joylashgan Uxan shahrida qayd etilgan koronavirus so‘nggi 17 yil ichida yuzlab odamlarning hayotini qurbon qilgan o‘tkir respirator sindromning taniqli koronavirusi yoki SARS-CoV atipik pnevmoniya va Yaqin Sharq nafas yo‘llari sindromi MERS-CoV koronaviruslari turiga tegishli. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi koronavirusni 2019-nCoV deb belgiladi

SARS va MERS ikkalasi ham zoonoz virusli kasalliklar deb tasniflanadi, ya’ni birinchi virus bilan kasallanganlar bu viruslarni hayvonlardan yuqtirgan. Shunday qilib, virus hayvonning tanasida bo‘lganida, bir qator genetik mutatsiyalarga boshdan kechirib, odamlarga yuqish hususiyatiga ega bo‘ldi.

Bir vaqtning o‘zida, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘rshapalaklar SARS-CoV va MERS-CoVning boshlang‘ich manbai bo‘lgan, ular va insonlar o‘rtasidagi bo‘g‘in tuyalar va Himolay sivetalari.

Xitoylik olimlar yangi virusning batafsil genetik tahlilini o‘tkazdilar va uning natijalarini boshqa viruslar uchun mavjud bo‘lgan genetik ma’lumot bilan taqqosladilar. Ular 2019-nCoV - bu ko‘rshapalaklar ichida bo‘lgan koronavirus va noma’lum kelib chiqadigan boshqa koronavirusning birikmasi va odamlarga esa ilonlardan yuqadi degan xulosaga kelishdi. Sudralib yuruvchilar organizmida virusli oqsilning rekombinatsiyasi sodir bo‘ldi, shundan so‘ng uning ilonlardan odamlarga yuqishi mumkin bo‘ldi.

Tadqiqot natijalari virusning asosiy manbasi kasallik tarqalishining markazi bo‘lgan Uxandagi ulgurji bozorda sotiladigan mahsulotlardan izlash kerak degan dastlabki taxminni to‘liq tasdiqlaydi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, halokatli virusni tashuvchisi tasmali krayt va kobra - ko‘rshapalaklarni ovlaydigan ilonlardir. Ular Uxandagi bozorda sotilgan.

Virusning kelib chiqishi gipotezasini tasdiqlash uchun bozorda sotiladigan hayvonlarning DNK namunalarini, shuningdek, yovvoyi ilonlar va ko‘rshapalaklarni olinishi kerakligini qo‘shimcha qildilar. Biroq, avj olganidan keyin bozor dezinfeksiya qilindi va yopildi, bu yangi virus manbasini kuzatishni qiyinlashtiradi. Shunga qaramay, olingan natijalar 2019- nCoV hayot davrini tushunish va unga qarshi vaksinani ishlab chiqish uchun juda muhimdir.

Koronavirusning nomi uning shaklidan kelib chiqadi, elektron mikroskop yordamida olingan suratlarda quyosh tojiga o‘xshaydi. Koronaviruslar havo orqali yuqadi va birinchi navbatda sutemizuvchi va qushlarning yuqori nafas yo‘llariga va oshqozon-ichak yo‘liga ta’sir qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 442
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 103
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar