“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 09:55
ЎЗO‘Z

«Shaytanat» serialida Zaynab rolini ijro etgan aktrisa nima sababdan almashtirilgan edi?

22 yanv, 14:13 16 599 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Shaytanat» serialida Zaynab rolini ijro etgan aktrisa nima sababdan almashtirilgan edi? «Shaytanat» serialida Asadbekning qizi Zaynab rolini ijro etgan aktrisalar Navro‘za Biynozova hamda Ra’no Shodiyeva.
Foto: «Daryo»

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev «Daryo» internet-nashri uchun intervyu berdi. Yodgor Sa’diyev suhbat davomida «Shaytanat» serialidagi Asadbekning qizi Zaynab obrazini ijro etayotgan Navro‘za Biynazarova serialning 7-qismida aktrisa Ra’no Shodiyevaga almashib qolish sababi haqida gapirib berdi.

- Buni ochiq aytishim mumkin. Bu masalada yuragim xuruj qilishiga ozgina qolgan. Bu ishlangan narsa, men buni aniq bilaman. Hozir gapirishni hojati ham yo‘q. Zaynab rolini ijro etayotgan Navro‘za Biynozova keldi-da, men hali turmushga chiqmaganman, u qiz ‘narkoman’ bo‘lar ekan, dedi. Lekin sen o‘qigan eding-ku! Yo‘q, men o‘ynamayman degan. Ana undan so‘ng menda juda katta muammo paydo bo‘ldi.

Keyin men o‘ylay boshladim. Ochig‘ini aytsak, o‘zi men boshida Navro‘za Biynozovani Zaynab rolini o‘ynashini xohlamagan edim. Buni shunaqa qilib o‘tkazishdi. Tohir Malikni ham o‘rtaga qo‘shib, oxiri Tohir aka ‘bo‘ladi-ku, yaxshi-ku’, deganiga badiiy rahbar sifatida mayli deganman.

Keyin baxtimga Ra’no Shodiyeva chiqdi. Men unga aytganman, ‘mana shu rolni o‘ynaysan, keyin sen Ra’no Shodiyeva bo‘lasan. Xalqqa tanilasan, unvonlar ham olasan’, deganman. Bu gap uni esidami, yo‘qmi, bilmadim. Lekin Ra’no unaqa emas, u biladi. Almashgani ham yaxshi bo‘lgan, chunki serialning keyingi qismlarini Navro‘za tortolmasdi. Aktrisa sifatida, chunki u aktrisa emas edi.

Buni Ra’no tortib ketdi, hattoki o‘sha bitta epizodida, haligi, Kesak polvon bilan ‘Otam nima kasal’ degan epizodining o‘zida holatga kirib, ko‘zidan yoshlar oqib ketgan. Biz uchun u yaxshilik edi. Biz baho sifatida qaraydigan bo‘lsak, to‘rtni beshga almashtirdik. Navro‘za ham o‘zining roli bo‘yicha eplab chiqib ketgan. O‘zining sokinligi bilan, Jahongir Qosimovning, bizning aytgan gaplarimiz bilan. Lekin buyog‘ini eplashi uchun katta mahorat kerak edi, - deydi Yodgor Sa’diyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 1
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 291
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 336
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 120
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 442
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar