“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:37
ЎЗO‘Z

WBC yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qayd etgan o‘rinlar

20 yanv, 21:57 3 411 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
WBC yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qayd etgan o‘rinlar Butunjahon boks kengashi (WBC) dekabr oyi uchun professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik sakkiz nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) yangi reytingda bir oy oldingi o‘rnidan bir pog‘ona pastlab 5-o‘ringa joylashdi. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 8-o‘rinlarni egallab turibdi.

Super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov (13-0, 5 KO) esa oldingi pog‘onasini saqlab qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda. U hamon WBC Silver kamari sohibi sifatida ko‘rsatilmoqda.

Reytingning xalqaro miqyosida tan olingan Top-15 ligida boshqa o‘zbekistonlik bokschilar joy olmagan. Ammo WBC boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reytingni tuzib chiqadi. Mazkur kengaytirilgan reytingda yana olti nafar o‘zbek bokschisi e’tirof etilgan.

WBC kengaytirilgan reytingida super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) o‘tgan oydagidan ikki pog‘ona yuqorilab 31-o‘rindan joy olgan.

Birinchi o‘ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasi vakili Hasanboy Do‘smatov (1-0, 1 KO) o‘tgan oydagi kabi 34-o‘rinda qolgan. Shuningdek, yangilangan reytingda o‘ta og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) 39-o‘rinni saqlab qolgan. Super yengil vaznda WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov (5-1, 4 KO) xuddi o‘tgan oydagidek 40-o‘rinda qayd qilingan.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) esa yana bir pog‘ona pastlab, 22-o‘rinda qayd qilingan bo‘lsa, mazkur vazn toifasining yana bir vakili Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) esa bu oyda yana ikkita o‘rin pastlab, 32-pog‘onani band etib turibdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 160
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 253
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 322
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 649
  • So'nggi yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • Bo‘limlar