“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 12:32
ЎЗO‘Z

Bloger qiz reklamasiga aralashgan narkotiklar bo‘yicha ish ko‘rib chiqildi

20 yanv, 14:59 3 198 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bloger qiz reklamasiga aralashgan narkotiklar bo‘yicha ish ko‘rib chiqildi Foto: Instagram
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi respublikada taqiqlangan psixotrop preparatlarni targ‘ib qiluvchi sayt to‘g‘risidagi reklama konstruksiyalari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan ishlarning yakuni to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning noyabr oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida respublikada taqiqlangan psixotrop preparatlarni sotuvchi saytning kodi — QR orqali yuklash aks ettirilgan reklama konstruksiyalari o‘rnatilgani aniqlangan.

Ushbu holatni o‘rganish va tegishli munosabat bildirish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligida maxsus komissiya tuzildi. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida Toshkent shahrining Ohangaron shossesi va Cho‘lpon («Krestik») ko‘chalari kesishgan joyda hamda Samarqand shahrining Firdavsiy ko‘chalarida yuqorida qayd qilingan reklama bannerlari o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
Qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar bo‘yicha quyidagi xulosa taqdim etilgan:

Psixotrop preparatlarni sotuvchi saytni yuklash kodi ko‘rsatilgan bannerlar Samarqand shahrida ro‘yxatdan o‘tgan «Hamdamov Sanjar Samadovich» YATTning buyurtmasiga ko‘ra «Media lux» XK tomonidan (2019 yil 11 noyabrda №2291-sonli shartnoma asosida) o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi. Shartnoma shartiga ko‘ra reklama bannerining eskizi (nusxasi) «Hamdamov Sanjar Samadovich» YATT tomonidan tayyorlangan va «Media lux» XKga taqdim etilgan. «Media lux» XK o‘z navbatida uni bosib chiqargan va yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi joyga o‘rnatgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mutaxassislari «Media lux» XK Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida ham xuddi shunga o‘xshash holat sodir etilgani ko‘rsatilgan holda ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha yakuniy xulosalarni taqdim etdi.

Taqdim etilgan materiallar bilan tanishib chiqqan «Media lux» XK tomonidan Toshkent shahrida o‘rnatilgan reklama konstruksiyasi demontaj qilinib, agentlikka javob xati yuborilgan.

Shunday qilib, reklama beruvchi va buyurtmachining («Media lux» XK va «Hamdamov Sanjar Samadovich» YATT) xatti-harakatlari «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasini buzilishi deb talqin qilindi.

Samarqand hududiy boshqarmasining xulosasi:
Xuddi shunday, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan Samarqand shahrida ham «Hamdamov Sanjar Samadovich» YATT tomonidan o‘sha reklama bannerini o‘rnatishga buyurtma berilgan. Bu safar buyurtmani bajarish uchun «Vohidov Behzod Abduvahobovich» XK bilan shartnoma tuzgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu reklama banneri Samarqand shahrining Firdavsiy ko‘chasiga o‘rnatilgan edi. Bu holat ham «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasini buzilishi deb topildi.
Natijada har ikkala holat bo‘yicha ishlar Toshkent shahar Yunusobod tumani ma’muriy sudiga va Samarqand shahar ma’muriy sudiga topshirildi.

«Media lux» XKning ishi bo‘yicha sud hali bo‘lib o‘tmadi. Reklama beruvchi-buyurtmachi «Hamdamov Sanjar Samatovich» YATT va reklama konstruksiyasining egasi – reklama tarqatuvchi «Vohidov Behzod Abduvahobovich» XK ishi Samarqand shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqildi va ularning har biriga 1 million 115 ming so‘m miqdorida jarima to‘lash to‘g‘risida sudning qarori chiqarildi.

Avvalroq O‘zbekistonda leo_17s nomi bilan mashhur bo‘lgan bloger Shahzoda Salimjonova Olmaotada giyohvand moddalarni reklama qiluvchi plakatlar voqeasi haqidagi haqiqatni aytib bergandi.

Ma’lum qilinishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan «Reklama to‘g‘risida»gi va «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlangan.

Ishlab chiqarish, sotish va reklama qilinishi O‘zbekiston qonunchiligi bilan taqiqlangan mahsulotlarni reklama qilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 50 baravarigacha jarima belgilanadi.

Ishlab chiqarish, sotish va reklama qilish O‘zbekiston qonunchiligi bilan taqiqlangan mahsulotlarni oldinga olib chiqqanlik uchun jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari va yuridik shaxslar uchun – 15 baravarigacha jarima belgilanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar