“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:44
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston hukumati paxta terimiga aloqador yangi qaror qabul qildi

14 yanv, 16:05 6 200 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston hukumati paxta terimiga aloqador yangi qaror qabul qildi Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Quyidagilar:
a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining:
- birinchi bosqichda (2020-2022 yillar) Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida;
- ikkinchi bosqichda (2023-2026 yillar) respublikaning qolgan hududlarida paxta hosilini yig‘ishtirib olishni mexanizatsiyalashni joriy etishni jadallashtirish;

b) Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan paxta terish ishlariga jalb qilinadigan paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini Moliya vazirligi tomonidan qoplab berish amaliyotini 2020 yilda saqlab qolish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Bosh vazirining maslahatchisi - “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.J. Teshayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga:

- paxtani mashinada terish uchun ajratilgan yerlarni barvaqt tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish;
- paxta terish texnikasini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni o‘z vaqtida tashkil etish bo‘yicha ishlar samarali olib borilishini ta’minlash;
- 2020-2026 yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing asosida realizatsiya qilishni moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish;
- paxtani terib olishni jadal mexanizatsiyalash bo‘yicha belgilangan vazifalar o‘z vaqtida bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish va nazorat qilish bo‘yicha shaxsni mas’uliyat yuklandi.

Quyidagilar:
- 2020 - 2026 yillarda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi tashkilotlar tomonidan paxta terish mashinalari ishlab chiqarish va respublika hududlariga yetkazib berish prognozi;
- 2020 - 2026 yillarda respublikada paxta terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish va paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari rejasi ma’qullandi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari - mas’ul ijrochilar ushbu tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini va hisobot davridan keyingi oyning 7-kuniga qadar har oyda Vazirlar Mahkamasiga Chora-tadbirlar rejasi ijrosi bo‘yicha ma’lumot taqdim etilishini ta’minlaydilar.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
- paxta maydonlarining agrofonini mashina yordamida terish uchun sifatli tayyorlash, shu jumladan, tegishli chigit navlarini tanlash, ekish, qatorlar orasiga ishlov berish, defoliatsiya qilish, yer maydonlarini tayyorlash va hosilni yig‘ishtirib olish;
- mashina terimiga ajratilgan dalalarning qatorlar orasini ustun darajada 76 sm kenglikda tayyorlash agrotexnik tadbirlarini bajarib, chigit navlarini tanlash va ekishni ta’minlaydi.

“O‘zagroservis” AJ:
- paxtani mexanizatsiyalashtirilgan usulda terish uchun paxta maydonlarining agrofonini shakllantirishda ishtirok etuvchi texnikaning sifatli tayyorlanishi;
- zamonaviy paxta terish mashinalarida ishlash uchun texnikani ishlatish bo‘yicha mexanik-haydovchilar va muhandislar tayyorlanishi;
- paxta terish mashinalariga servis xizmati ko‘rsatish va ehtiyot qismlar hamda texnologik materiallar bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun mutaxassislarning mobil brigadalari tashkil etilishini ta’minlaydi.

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi tashkilotlarga istisno tariqasida:
-tenderlar yoki tanlov savdolari o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar sotib olishga, transport xizmatlari va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga;
- butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomala (import) uchun chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 270 kun kechiktirib amalga oshirishga ruxsat berildi.

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar sotib olish hamda transport xizmatlari va boshqa xizmatlar bo‘yicha tuziladigan shartnomalarning asoslanganligi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni sotib olish uchun, transport xizmatlari va boshqa xizmatlar bo‘yicha texnik shartlar import shartnomalar tushgan kundan boshlab uch kun muddatda ekspertizadan o‘tkazilishini va tegishli xulosalar berilishini ta’minlaydi.

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va “Asaka” ATBning savdo moliyalashtirishi liniyalaridan, shu jumladan, xorijiy banklar liniyalari vositalaridan foydalanib, paxta terish mashinalari ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni xarid qilishni moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilanishicha, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning paxta terish mashinalarini sotishdan tushgan pul mablag‘lari soliqlar va budjet oldidagi boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan “Asaka” ATB oldidagi kreditlarni qaytarishga yo‘naltirilishi yo‘li bilan ajratilgan kundan boshlab 1 yildan oshmagan muddatda paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar xaridining savdo moliyalashtirilishi bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qaytarilishi ta’minlanadi.

“Asaka” ATBga:
- paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni xarid qilishni moliyalashtirishda ta’minot sifatida “O‘zbekinvest” kompaniyasi va boshqa sug‘urta tashkilotlarining yillik 0,5 foiz miqdoridagi imtiyozli tarif bo‘yicha sug‘urta polislarini qabul qilish;
- “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning o‘zaro bog‘liq qarzdorlari guruhiga bankning eng yuqori tavakkalchiligini hisoblashda kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni paxta terish mashinalari ishlab chiqaruvchilariga hisoblamaslik tavsiya etildi.

Belgilanishicha, Jahon bankining kredit liniyalari va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan moliyalashtiriladigan boshqa moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga texnikani ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va lizing tashkilotlarini kreditlashda tijorat banklarining marjasi 1 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

“O‘zpaxtasanoat” AJ, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi 2020 yil 1 mayga qadar paxtani mashinada terishni rag‘batlantirish maqsadida mashina terimi paxta xomashyosi sinflari bo‘yicha ifloslanganlikning massa ulushi va namlikning massa nisbati me’yorlarini qayta ko‘rib chiqadilar.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda:
- paxtani mashinada terish uchun dalalarni tayyorlash va paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish bo‘yicha fermerlar va paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun treninglar va seminarlar o‘tkazilishini;
- paxta terish texnikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 213
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 352
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 93
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 216
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 164
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 194
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 0
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 144
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 173
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 242
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 307
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 108
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 133
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 167
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 247
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 212
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 177
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 244
  • Bo‘limlar