“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:08
ЎЗO‘Z

Tabiiy gaz hisoblagichlarini almashtirish uchun pul to‘lanmaydi

13 yanv, 16:13 4 161 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tabiiy gaz hisoblagichlarini almashtirish uchun pul to‘lanmaydi Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha nimalarni bilasiz?
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tabiiy gazni hisobga olish uskunasini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha eslatma berdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi 698-sonli «Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga ilova qilingan «Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti»gi muvofiq hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi jismoniy shaxslar uchun — 8 yil, yuridik shaxslar uchun — 4 yilni tashkil etadi.

Reglamentga ko‘ra, Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi, yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Shuningdek, Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirishga doir sarf-xarajatlar hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan qoplanadi deb belgilangan.

Biroq, iste’molchilardan hisoblagich uskunalarini yangisiga almashtirish uchun pul undirish holatlari aniqlanmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan Davlat xizmatlari agentligining 11-48 ishonch raqamiga murojaat qilish mumkin», deyiladi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati eslatmasida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 28
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 81
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar