“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 12:17
ЎЗO‘Z

Mirishkordagi «ko‘rinmas odam»lar ushlandi (foto)

10 yanv, 23:50 8 212 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirishkordagi «ko‘rinmas odam»lar ushlandi (foto) 8 yanvar kuni Mirishkor tumanidagi Pomuq qishlog‘i aholisi bir necha oydan beri o‘g‘rilardan jabr ko‘rayotgani xabar qilingan edi.
Maqola e’lon qilingach ko‘p o‘tmay, Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi vakillari tahririyat bilan bog‘lanib, o‘g‘rilar qo‘lga olingani, tez orada to‘liq ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Bir qishloq ahlini shuncha vaqtdan beri qo‘rquvga solib kelgan, ko‘plab odamlarning mol-mulkiga chang solganlar kim?

Viloyat IIBdan olingan xabarga ko‘ra, Mirishkor tumani Pomuq qishlog‘i hududida o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan bir guruh shaxslar tuman IIB va fuqarolarning hamkorligi natijasida voqea joyida qo‘lga olingan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va ulardan daliliy ashyolar sifatida 3 bosh mol, mol terilari hujjatlashtirib olingan.

Ichki ishlar idorasi tomonidan berilgan ma’lumotda qo‘lgan olinganlarning shaxsi ochiqlanmagan.

Qishloq aholisining tahririyatga ma’lum qilishicha, qo‘lga olinganlar uch nafar bo‘lib, Pomuqqa yaqin bo‘lgan Ayzabod va Jeynov qishloqlarida yashovchi fuqarolar ekani aytilmoqda.

O‘g‘rilar qo‘lga olingan vaqtda ularning raqami yechib olingan mashinasi ichidan o‘g‘irlab ketilayotgan ham echkilar topilgan.

Kun.uz e’lon qilgan maqola yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIBda «Jinoyat haqiqati va adolati» mavzusida brifing o‘tkazilgan. Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik X.Atanazarov raisligida o‘tgan brifingda Mirishkor tumanining Pomuq qishlog‘ida ro‘y bergan hodisalar bo‘yicha batafsil axborot berilgan. Shuningdek, maqoladagi ayrim faktlar haqiqatga mos kelmasligi aytilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar