“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:58
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston 2019 yilda turistik xizmatlar eksportidan qancha daromad olgan?

10 yanv, 14:30 3 598 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston 2019 yilda turistik xizmatlar eksportidan qancha daromad olgan? 10 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Poytaxt” biznes markazida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2020 yilgi rejalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda ta’kidlanishicha, 2019 yil yakuniga ko‘ra, turistik xizmatlar eksporti ko‘rsatkichi 1 313 032 AQSH dollarini tashkil qilib, 2018 yilga nisbatan (2018 yilda 1 041 089) 26,1 foizga o‘sish qayd etildi.

Joylashuv vositalari soni jami 1188 tadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, shundan 833 tasi – mehmonxonalar, 214 tasi – xostellar va 141 tasi boshqalar.

Mamlakat turizm salohiyatini dunyo jamoatchiligi orasida keng targ‘ib etish maqsadida AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Indoneziya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan jami 30 OAVning 160 dan ortiq vakillarining tashrifi tashkillashtirildi.

An’anaviy targ‘ibot usullari bilan bir qatorda zamonaviy targ‘ibotning zamonaviy usullaridan foydalanilmoqda, xususan, 17-21 dekabr kunlari Tokio (Yaponiya) shahridagi Sibuya maydonida O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi videorolik namoyish etildi.

O‘zbekistonga sayyohlarni jalb etishda turli ommaviy-madaniy ko‘ngilochar tadbirlar ahamiyatini hisobga olib, o‘tgan yildan boshlab har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda turli ommaviy tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, birinchi marotaba tashkil etilgan Ziyorat turizmi forumi (Buxoro viloyati), Baxshichilik san’ati festivali, Arxeologiya forumi (Surxondaryo viloyati), Bahodirlar o‘yini (Xorazm viloyati), “Mo‘ynoq” avtoralli, “Stixiya” musiqa festivali (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), MDH turizm yarmarkasi, (Samarqand viloyati), Geoturizm forumi, Anor festivali (Qashqadaryo viloyati), Elektron musiqa festivali, Gastronomik festival, “World Influencers Congress” (Toshkent shahri) kabi yirik tadbirlar o‘tkazildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 73
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 64
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 57
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 67
  • Soliq organlari ayrim huquqlardan mahrum bo‘lmoqda 19 mar, 12:22 179
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 0
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 1
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Bo‘limlar