“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 02:37
ЎЗO‘Z

2019 yilda so‘m dollarga nisbatan necha foizga qadrsizlangani ma’lum qilindi

10 yanv, 09:44 3 192 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2019 yilda so‘m dollarga nisbatan necha foizga qadrsizlangani ma’lum qilindi 2019 yilda milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib, ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllandi.

Markaziy bankning 2019 yilda ichki valyuta bozori va uning rivojlanish tendensiyalariga doir sharhida aytilishicha, bunda valyuta bozorida talab va taklifning bir maromda oshishi sharoitida, maqsadli sotuv hajmlariga nisbatan intervensiyalar hajmi kam bo‘lganligi sababli, birinchi yarim yillik davomida valyuta birjasidagi savdo sessiyalarida milliy valyuta AQSH dollariga nisbatan 2,8 foizga qadrsizlandi.

2019 yilning iyul va avgust oylarida savdo hamkorlar bo‘lgan ayrim davlatlar valyutalari devalvatsiyasi va buning natijasida yuzaga kelgan devalvatsion kutilmalarning ortishi, shuningdek, ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘sishi natijasida milliy valyuta 10,2 foizga qadrsizlandi.

2019 yil davomida valyuta birjasi savdolarida so‘mga nisbatan AQSH dollarining dinamikasi
(so‘m/AQSH doll.)


2019 yilning keyingi oylarida so‘mning almashuv kursi nisbatan barqaror bo‘lib, sentabr-noyabr oylari davomida 1,3 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, dekabr oyida 0,1 foizga mustahkamlandi.

Umuman olganda, 2019 yil davomida milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi yil boshiga nisbatan 13,9 foizga qadrsizlandi (8341 so‘m/doll.dan 9501 so‘m/doll.gacha).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 80
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 210
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 131
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 0
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 20
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 136
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 67
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 56
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 138
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 57
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 227
  • Bo‘limlar