“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 19:47
ЎЗO‘Z

Adliya vazirligi taraqqiyot kushandasiga qarshi qanday kurashyapti?

09 yanv, 10:15 2 458 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adliya vazirligi taraqqiyot kushandasiga qarshi qanday kurashyapti? Jiddiy islohotlar davriga qadam qo‘ygan O‘zbekiston uchun korrupsiyaga qarshi kurash asosiy ahamiyatga ega vazifalardan biriga aylandi. Chunki korrupsiya nafaqat demokratiyaning, umuman har qanday taraqqiyotning kushandasi ekani ma’lum.

2017 yilning 3 yanvarida «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonun imzolandi. Ta’kidlash joiz, bu Shavkat Mirziyoyev prezidentlik lavozimini egallagandan keyin imzolangan ilk qonun bo‘lib, uni O‘zbekistonning yangi rahbariyati prioritetlari haqida berilgan ilk signal sifatida baholash mumkin.

Buni yaxshi anglagan Adliya vazirligi o‘z tizimida korrupsiyaga qarshi o‘zining qat’iy pozitsiyasini bildirib, jiddiy amaliy chora-tadbirlarni qo‘llashga kirishdi.

Ahd va iroda
Eng asosiy maqsad – adliya organlarini «korrupsiyasiz soha»ga aylantirish deb belgilandi. Ammo bu oson ish emas. Bunda tartib, qat’iylik bo‘lmas ekan, korrupsiyaga qarshi kurashish balandparvoz gap bo‘lib qolaveradi.

Ta’kidlash joiz, adliya tizimi avvallari ham korrupsiya ko‘rsatkichi eng yuqori davlat organlari safida turmas edi. Ammo notariusga ishi tushgan odamki, bu illatdan azob chekkanini ham rad etib bo‘lmaydi.
Adliya vazirligi ushbu muammo bilan kurashga jiddiy bel bog‘ladi va notariat tizimidagi korrupsiyani jilovlashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘z-o‘zini tozalash
Endi tizimda ishlash prinsiplari ham, ish usullari ham, umuman xodimlarning dunyoqarashi ham o‘zgarganini ko‘rish mumkin. Bunga, avvalo, kadrlar bilan ishlash tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilgani sabab bo‘ldi.

Keyingi ikki yilda Adliya organlari xodimlarining ish haqini uch marta oshirishga erishildi. Mantiq oddiy: yaxshi maosh oladigan xodim, avvalo, ish joyini yo‘qotishdan qo‘rqadi, qolaversa, qonuniy daromadi yetarli bo‘lsa, noqonuniy yo‘l bilan pul topib, nomi bulg‘anishini istamaydi.
Shuningdek, vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mustahkam ichki normativ hujjatlar bazasini yaratishga alohida e’tibor qaratdi.

Xususan, 2018 yil 7 iyunda Adliya vazirining buyrug‘i bilan «Adliya organlari va muassasalari xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish tartibi to‘g‘risida»gi nizom qabul qilindi.

Ushbu nizom rahbar va xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, o‘rganishlar tekshirishlar o‘tkazish, davlat xizmatlari ko‘rsatishni monitoring qilish maqsadida reydlar va «sirli mijoz» tadbirlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Shuningdek, mazkur buyruq bilan «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida»gi nizomi tasdiqlangan.

Mazkur nizom adliya organlari xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda ularda qonunlarga hurmat ruhini shakllantirishga qaratilgan. Chunki korrupsiya bilan faqat jazo choralarini qo‘llash orqali samarali kurashib bo‘lmasligi barchaga ayon.

Shuningdek, Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi qabul qildi, korrupsiyaga qarshi kurashish Kengashi tuzildi, «Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati» tasdiqlandi va hokazo.

2019 yil 20 mayda esa «Korrupsiya faktlari haqida ishonchli xabar berganligi uchun adliya organlari va muassasalari xodimlarini mukofotlash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Ya’ni tizimda o‘z-o‘zini tozalash mexanizmi ishga tushirildi.
Endilikda, har qanday darajadagi lavozimda ishlayotgan xodim korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etsa, adliya u bilan xayrlashadi.

Kompleans nazorat
Adliya tizimi uchun korrupsiyadan xoli bo‘lish prinsipial masala. Chunki o‘zi korrupsiyadan xalos bo‘la olmagan organ qanday qilib jamiyatda huquqbuzarliklarga qarshi kurashishi mumkin? Bunga uning na ma’naviy haqqi, na jismoniy imkoniyati bo‘ladi.

Shu maqsadda 2019 yilning oktabr oyidan boshlab Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning «kompleans nazorat» tizimi joriy etildi. Maqsad – sohada pora olish uchun mutlaqo imkon qoldirmaslik.
Shu sababli dunyoning yetakchi KPMG kompaniyasi bilan hamkorlikda maxsus loyiha ishga tushirildi.

Adliya organlari va muassasalaridagi korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlarni darhol va o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlashga qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida @antikorbot nomli maxsus bot yaratildi.

Maxsus bot orqali shu kunga qadar 2 mingdan oshiq tezkor xabarlar kelib tushdi. Bu xabarlarga asosan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijasiga ko‘ra tizimda ishlayotgan xodimlarga nisbatan tegishli javobgarlikka tortildi.

Shaffoflik va ochiqlik
Shaffof tizimda korrupsiyaga o‘rin bo‘lmaydi. Obrazli aytadigan bo‘lsak, korrupsiya – qorong‘ulikda yashaydigan qonxo‘r mavjudot kabidir, shaffoflik va yorug‘likda u o‘ladi.

Maksimal darajadagi shaffoflikni ta’minlash maqsadida adliya vazirligida «Ochiq adliya» dasturi qabul qilindi. Dastur fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash imkonini kuchaytirdi. E’tibordan chetda qolayotgan kamchiliklar, qolaversa, o‘z vazifasini lozim darajada bajarmayotgan xodimlarni aniqlash bo‘yicha bevosita jamoatchilik yordamiga tayanilmoqda.

Ochiqlikning eng muhim jihatlaridan biri, bu shubhasiz, moliyaviy ma’lumotlardir. Moliyaviy mablag‘larning sarfi, qaydan kelib qayga ketayotgani, nima maqsadlarda ajratilayotgani, umuman, Adliya vazirligi va uning tarkibiy bo‘linmalarining moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar vazirlik veb-saytida e’lon qilib borilmoqda.

Bunda xarajatlar, ularni amalga oshirilishi bilan bog‘liq hisobotlar, xarid qilish bilan bog‘liq shartnomalar ro‘yxati bilan tanishish mumkin bo‘ladi.

Adliya organlarining har yil yakuni bo‘yicha aholiga bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot berish tizimi yaratildi. Mazkur tashabbus 2018 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirildi va «Adliya hisobot beradi» nomli risola tayyorlanib, keng jamoatchilikka taqdim etildi.

Xalqaro hamkorlik
Korrupsiya – chegara bilmas balo. Transparency International tashkilotining xulosasiga ko‘ra, jahonda korrupsiyani jilovlash bo‘yicha hali ko‘p ishlar qilinishi kerak. Chunki tashkilot reytingida jahon mamlakatlarining uchdan ikki qismi 50 balldan kam ko‘rsatkich qayd etib turibdi.

Ammo korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borayotgan, bu borada katta natijalarga erishgan mamlakatlar bor. Tabiiyki, velosipedni qayta kashf etgandan ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro tajribadan unumli foydalanish maqsadga tezroq yetishga zamin hozirlaydi.

Shu maqsadda Adliya vazirligi xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashuvchi tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro tashkilotlarning ma’ruzalari va tavsiyalari o‘rganib chiqildi va ularga asoslanib tahliliy materiallar tayyorlandi.

Adliya tizimidagi har bir xodim ongiga, u kim bo‘lishidan, lavozimidan, o‘tmishdagi xizmatlaridan qat’i nazar, halol ishlamasa,undan voz kechilishi yetkazildi.
Adliya korrupsiyaga qarshi kurashdan to‘xtamaydi, chunki hali oldinda qilinadigan talay ishlar bor. Asosiysi, bu borada iroda va qat’iyat bilan harakat qilinmoqda.

J.Uzakov,
Adliya vazirligi mas’ul xodimi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 1
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 1
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 1
  • Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlarni nima uchun sudga bergani ma’lum bo‘ldi 23 apr, 18:26 2
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • So'nggi yangiliklar
  • SSKA afsonasi Akinfeyev Fayzullayevga nega tanbeh berdi? 23 apr, 18:58 0
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 0
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 0
  • Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlarni nima uchun sudga bergani ma’lum bo‘ldi 23 apr, 18:26 1
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 135
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Bo‘limlar