“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:33
ЎЗO‘Z

Quyoshda isigan suvning zarari bormi?

08 yanv, 19:19 6 882 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Quyoshda isigan suvning zarari bormi? Quyosh nurida isib qolgan suvni ishlatishning hukmi to‘g‘risida quyidagi qarashlar aytilgan:
1. Mutlaqo makruh emas;
2. Issiq o‘lkalarda barcha og‘zi ochiq idishlarda bo‘lgani makruhdir; Faqat ba’zi ulamolar ulardan oltin va kumush idishlarni isitisno qilganlar;
3. Agar quyosh nurida isitish qasd qilinsa, barcha idishlarda va barcha o‘lkalarda ham makruh bo‘ladi;
4. Qasd qilish shart emas, quyosh nurida isidimi mutlaqo makruh bo‘ladi;
5. Ikkita tabib bu suv moxov kasaliga sabab bo‘ladi, deyishsa makruh bo‘ladi, agar bunday deyishmasa makruh bo‘lmaydi;
6. Faqat badanga ishlatish makruh bo‘ladi, kiyimlarga makruh bo‘lmaydi.

Mazkur bahslarni ushbu masalaning shar’iy jihatdan sobit bo‘lgani yo shar’iy jihatdan sobit bo‘lmagani to‘g‘risidagi ixtiloflardan kelib chiqqan deyish mumkin. Shu ma’noda quyoshda isigan suvni ishlatish shar’iy jihatdan makruh ekani yoki shar’iy jihatdan makruh emasligi to‘g‘risida ikki xil qarash bor:

1. Shar’iy jihatdandir. Ya’ni quyoshda isigan suvni ishlatish gunoh bo‘ladi, niyat bilan undan tiyilsa savob bo‘ladi;
2. Shar’iy jihatdan emas. Ya’ni quyoshda isigan suvni ishlatish gunoh bo‘lmaydi, qasddan ishlatmaslik bilan savob ham hosil bo‘lmaydi.

Birinchi qarash sohiblari quyidagicha dalil keltiradilar: Quyoshda isigan suvdan qaytariq hadis bilan sobit bo‘lgan. Imom Daru Qutniy Oisha roziyallohu anhodan quyidagi hadisni rivoyat qilgan:

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: suvni quyoshda isitdim. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: ey Humayro (yonoqlari qizil, anor yuzli) bunday qilmang, chunki u moxov kasalini paydo qiladi, dedilar.

Ushbu hadisning sanadi juda zaif bo‘lsa ham dalil bo‘la oladi. Chunki buni Umar roziyallohu anhudan sobit bo‘lgan quyidagi rivoyat ham quvvatlaydi:
Quyoshda isigan suv bilan yuvinmanglar, chunki u moxov kasalini paydo qiladi.
Bu yerdagi qaytariq makruhlikni ifodalaydi. Shuning uchun quyoshda isigan suvni ishlatish shar’iy jihatdan makruh hisoblanadi.

Bu dalillarga ikkinchi qarash sohiblari quyidagicha javob beradilar: Quyoshda isigan suvdan qaytariq haqidagi xabarning sanadi juda zaifdir, hatto ba’zilar uni "mavzu’" ham deyishgan. Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xabar ham zaifdir. Shuning uchun uni makruh deyishning shariatda asli yo‘q hisoblanadi.

Ushbu ixtiloflarga ko‘ra mazkur suvning moxov kasaliga sabab bo‘lishi haqida ham ikki xil qarash yuzaga kelgan:

1. Ba’zi ulamolar: quyoshda isigan suvni iste’mol qilish tufayli moxov kasali paydo bo‘lishidan xavf qilinadi. Chunki tabiblar ham buni quvvatlab: quyoshda qizigan suv aynib qolgani uchun badanga tegsa qon aylanishiga xalal beradi, deganlar.
2. Ba’zi ulamolar: tabiblardan bu haqida biror narsa sobit bo‘lmagan, deganlar.

Shuningdek quyoshda isigan suvni tahorat va g‘usldan boshqa narsalarga ishlatish makruh bo‘lishi yoki makruh bo‘lmasligi atrofida ham turli qarashlar aytilgan:

- Quyoshda isigan suvni tahorat uchun ishlatsa ham, g‘usl uchun ishlatsa ham yoki ichsa ham makruh bo‘ladi. Ammo u bilan kiyim yuvsa yoki biror idishni yuvsa makruh bo‘lmaydi.

- Quyoshda isigan suvni ovqat pishirishga ishlatsa agar sho‘rva singari suyuq ovqat bo‘lsa makruh bo‘ladi, agar suyuqligi qolmasa masalan: non pishirish yoki osh singari quyuq ovqatlarga ishlatsa makruh bo‘lmaydi.

Mazkur ixtiloflarga ko‘ra mazhablar orasida ushbu masala to‘g‘risida quyidagicha farqlar bor:

Imom Ahmad va imom Moliklar: Quyoshda isigan suvni ishlatish makruh bo‘lmaydi, deganlar.
Imom Shofe’iy: agar quyoshda isitishni qasd qilgan bo‘lsa makruh bo‘ladi, deganlar.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra: quyoshda isigan suvni ishlatish makruhi tanzihiy hisoblanadi.

Hanafiy mazhabiga ko‘ra quyosh nurida qizigan suv makruh bo‘lishi uchun unda quyidagi shartlar topilishi kerak:
1. Issiq o‘lkada bo‘lishi kerak;
2. Quyosh nuri to‘g‘ri suvga tushadigan og‘zi ochiq idishda bo‘lishi kerak;
3. Issiq holatda iste’mol qilingan bo‘lishi kerak.

Demak ushbu shartlar topilmasa ya’ni issiq o‘lkada bo‘lmasa, og‘zi yopiq idishda bo‘lsa, og‘zi ochiq bo‘lsa ham sovugandan keyin ishlatilsa hanafiy mazhabiga ko‘ra ham makruh bo‘lmaydi.

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 204
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 111
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 221
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 346
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 169
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 303
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar